«Inter Mayami» ustozi Leo Messining bu mavsumda boshqa maydonga tushmasligini inkor qildi.
Jarohati tufayli hujumchi ketma-ket uchta uchrashuvni o‘tkazib yubordi. U oxirgi marta 21 sentyabr kuni maydonga tushgan.
«Buni men allaqachon aytganim. O‘yindan o‘yingacha Messining holatiga baho beramiz. Biz uning holatini «Chikago Fayr»ga qarshi o‘yin oldidan baholaymiz [payshanba kuni].
Messi maydonda individual mashg‘ulot o‘tkazmoqda, ammo o‘zini yaxshi his qilmoqda», - dedi Martino.