Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

OCHLda Eron-Saudiya mojarosi yana qayta uyg‘ondi

OCHLda Eron-Saudiya mojarosi yana qayta uyg‘ondi

Baho:
+ | -

Osiyo chemponlar ligasi «C» guruhidan olgan Eronning "Sepahon" va Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klublari o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanishi kerak edi. Ammo g‘alati sabab tufayli uchrashuv bugun o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Gap shundaki, "Naqshi Jahon" stadioni maydoniga chiqishda marhum Qosim Sulaymoniy byusti (haykali) o‘rnatilgani bois, mehmon jamoa futbolchilari o‘yinga chiqishdan bosh tortishdi. Sulaymoniy Saudiya Arabistonida terroristik tashkilot deb hisoblangan "Quds" kuchlarining qo‘mondoni bo‘lib, Saudiyaga qarshi harbiy operatsiyalarda ayblangan.

Eronliklar esa uning haykalini maydon chetidan olib tashlashni istashmadi. Olib borilgan muzokaralar naf bermagach, "Al-Ittihod" stadionni tark etib, aeroport tomon yo‘l oldi. Shu tariqa, o‘yin belgilangan vaqtda o‘tkazilmadi.

OFK so‘nggi bir necha yildan buyon Saudiya va Eron jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlarni neytral maydonda o‘tkazib kelayotgandi. Joriy mavsumga kelib vaziyat mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy yumshagach, klublarga o‘z maydonlarida o‘yin o‘tkazishga ruxsat bergandi.

Kiritildi: 22:03, 02.10.2023.
O'qildi: 6318 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик