Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Skoulz: "MYU"ning eng katta xatosi - himoyada"

Skoulz: "MYU"ning eng katta xatosi - himoyada"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz "qizil iblislar"ning "Galatasaroy"ga qarshi o‘yini (2:3) haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Amrabat o‘z pozisiyasidan tashqarida edi, shuning uchun ikkinchi gol oldidan bo‘lgan epizodda uni osonlikcha mag‘lub etishdi. Ammo men Varan qayerga harakat qilayotganini tushunmadim. Va nima uchun Lindelyof maydon markazida yo‘qolib qoldi? Kazemiro ham raqibiga yeta olmadi. O‘yin davomida Varan va Lindelyof jarima maydonchasi markazida juda ko‘p joy qoldirishdi - raqiblar bu maydonda doimiy ravishda xavfli vaziyatlarni yaratishdi.

Darvozabonga kelsak, hamma o‘z xatolarini biladi. Uchinchi gol kiritilishi bilanoq Onana juda oson taslim bo‘ldi: u shunchaki maydonga o‘tirdi, ammo u to‘pni ushlab olishga harakat qilishi mumkin edi.

Lekin menimcha, jamoaning eng katta muammosi himoyada. Varan dunyoning eng zo‘r himoyachilaridan biri edi va endi uning oyoqlari ishdan chiqayotganga o‘xshaydi, u juda sekinlashdi.

Chempionlar ligasidagi ilk uy uchrashuvida mag‘lub bo‘lish dahshatli natija, ayniqsa safardagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin.

Ten Hag? Menimcha, u bosim ostida qolmasligi kerak. Erik birinchi mavsumni ajoyib o‘tkazdi, ammo jarohatlar, jumladan Meyson Maunt ham omadsiz chiqdi" - dedi Pol TNT Sports telekanalida.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” Chempionlar ligasini ikkita mag‘lubiyat bilan boshladi.

Kiritildi: 21:53, 04.10.2023.
O'qildi: 2304 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик