Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe 2 baho oldi

Mbappe 2 baho oldi

Baho:
+ | -

"L'Equipe" gazetasi "Nyukasl"ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin "PSJ"ning ko‘plab futbolchilarini past baholadi.

Parijliklar orasida eng yomon ball hujumchilar Kilian Mbappe va Randal Kolo-Muaniga, shuningdek, himoyachi Markinyosga berildi - 10 balldan 2.

Hujumchi Gonsalu Ramush, yarim himoyachi Manuel Ugarte va himoyachi Ashraf Hakimiy 3 ochkoga baholandi. Himoyachi Milan Shkrinyar va qanot hujumchisi Usmon Dembele 4 oldi. Ushbu o‘yinda "PSJ"ning yagona goliga mualliflik qilgan himoyachi Lyuka Ernandes va darvozabon Janluiji Donnarumma 5 ochkoga ega bo‘lishdi.

Yarim himoyachi Uorren Zair-Emeri "PSJ" uchun eng yaxshi reytingni oldi - 10 balldan 6.

Kiritildi: 18:36, 05.10.2023.
O'qildi: 4203 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик