Bundesliganing 7-turida Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Union”ni mag‘lub etdi – 4:2.
Dortmundliklar himoyachisi Mats Xummels uchun bu uning Bundesligadagi 348-uchrashuvidagi 207-g‘alabasi bo‘ldi. U "Borussiya" bilan chempionatda 206 bor g‘alaba qozongan Maykl Sorkning rekordini yangiladi.
Hummels - "Bavariya" tarbiyalanuvchisi. U 2008 yildan 2016 yilgacha "Borussiya"da o‘ynagan, keyin Myunxen klubida 3 yil o‘ynagan, shundan so‘ng 2019 yilda Dortmundga qaytgan.