Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegasiyasiga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegasiyasiga tabrik yo‘lladi

Baho:
+ | -

Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegasiyasi a’zolariga

Hurmatli sportchi va murabbiylar!

Qadrli farzandlarim!

Avvalo, Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, yuksak natijalarni qo‘lga kiritganingiz bilan siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Sizlarning jonajon O‘zbekistonimiz sharafini himoya qilish yo‘lida keskin kurash olib borib, ulkan yutuqlarga erishganingiz, hech shubhasiz, barchamizni, ko‘p millatli xalqimizni cheksiz quvontirdi.

Bepoyon qit’amiz miqyosida har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan ushbu nufuzli sport anjumanida yurtdoshlarimiz sizlarning har bir chiqishingizni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali katta qiziqish va hayajon bilan kuzatib bordi. Butun O‘zbekiston ahli sizlarni qo‘llab-quvvatlab, Yaratgandan omad va zafarlar tiladi!

Osiyo qit’asining 45 ta davlatidan 11 ming nafar sportchi ishtirok etgan bu musobaqalarda milliy terma jamoamiz a’zolari o‘zlarining beqiyos mahorati, g‘ayrat va matonatini, g‘alabaga bo‘lgan yuksak intilish va irodasini namoyon etib, 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medalini qo‘lga kiritganlari har qanday tahsinga sazovordir.

Oltin medallar 31 nafar sportchimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ularning teng yarmi – qizlarimiz hissasiga to‘g‘ri kelganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlashni o‘rinli deb bilaman. 

132 nafar vakilimiz jami 71 ta medalni qo‘lga kiritib, o‘tgan Osiyo o‘yinlariga nisbatan rekord natijani qayd etganlari ham barchamizni quvontiradi.

Ayniqsa, g‘ayrat-shijoatli o‘g‘il-qizlarimiz Xitoy Taypeyi, Bahrayn, Shimoliy Koreya, Gonkong, Eron, Indoneziya, Qozog‘iston, Qatar, Singapur, Malayziya, Vyetnam, Kuvayt kabi sport sohasida rivojlangan davlatlarni ortda qoldirib, umumjamoa hisobida Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin faxrli beshinchi o‘rinni egallaganliklari O‘zbekiston sporti tarixida yana bir yorqin sahifa ochdi, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz. 

Bo‘lib o‘tgan qizg‘in bellashuvlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Bahodir Jalolov, Jalgasbay Berdimuratov, Ulug‘bek Rashitov, Hasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalakov, Diyora Keldiyorova, Taxmina Ikromova, Sevinch Rahimova, Vilana Savadyan, Evelina Atalyans, Sharifa Davronova, Safina Sa’dullayeva, Muzaffar To‘raboyev, Olga Zabelinskaya, Shohmurod Xolmurodov, Nurislom To‘xtasin o‘g‘li, Umid Esonov, Artyom Shturbabin, Hilola Ortiqboyeva, Muhsin Hisomiddinov, Zaynab Dayibekova, Pliyego Lara Mariya Paola, Xerrera Lara Luiza Fernanda, Guliston Perdebayeva, Anna Prakaten, Shehroz Hakimov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Davirjon Davronov, Alisher Turdiyev, Murodjon Yo‘ldoshev va boshqa sportchilarimizning nodir iste’dodi, mahorati va qobiliyatiga barcha sport muxlislari yana bir bor tan berdi.

O‘zbek qilichbozlik sportining iftixoriga aylangan Zaynab Dayibekova sablya jamoa dasturida Osiyo qit’asida tengsizligini, Anvar Klevleev esa slalomda eshkak eshish bellashuvida aksariyat raqiblaridan kuchli ekanini amalda namoyon etdilar.

Ayni vaqtda navqiron farzandlarimiz kurash, dzyudo, boks, yengil atletika, badiiy gimnastika bo‘yicha tengsiz, taekvondo, velosport, og‘ir atletika, futbol musobaqalarida esa yetakchilar safida ekanlarini amalda isbotladilar.

Osiyo o‘yinlarida erishilgan bunday yutuqlar biz uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lib, sizlar shu tariqa milliy sport maktabimizning shon-shuhratini, O‘zbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini jahonga namoyon etdingiz. 

O‘z navbatida 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan 33-olimpiya o‘yinlarida ham yuksak cho‘qqilarni zabt etishingizga ishonaman!

Hech shubhasiz, sizlarning yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, yuqori o‘rinlarni egallaganingiz mamlakatimizda sog‘lom va barkamol, vatanparvar yosh avlodni 

– Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini voyaga yetkazish, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish maqsadida olib borayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning yana bir amaliy natijasi sifatida barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi, millionlab tengdoshlaringiz uchun o‘rnak va namuna bo‘lib xizmat qiladi. 

Fursatdan foydalanib, sizlar kabi salohiyatli, irodasi mustahkam, el-yurtga sadoqatli yoshlarni tarbiyalab kamolga yetkazgan mehribon ota-onalaringizga, sizlar bilan yonma-yon turib, yuksak cho‘qqilarni zabt etishingizga munosib hissa qo‘shgan mohir va jonkuyar ustoz-murabbiylaringizga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan chin dildan tashakkur izhor etaman.

Yirik xalqaro sport bellashuvi – Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan tarixiy natijalaringiz bilan sizlarni yana bir bor samimiy qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatingizda yangi-yangi zafarlar, oilalaringizga baxtu saodat tilayman.

Doimo baxtingiz va omadingizni bersin, aziz farzandlarim!

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Manba: president.uz
Kiritildi: 09:11, 09.10.2023.
O'qildi: 2550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.