Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Lionel Messi qishki transferlar oynasida “Barselona”ga qaytmaydi

Lionel Messi qishki transferlar oynasida “Barselona”ga qaytmaydi

Baho:
+ | -

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi yanvar oyida “Barselona”ga qaytmaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Inter Mayami” MLS pley-offiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Shundan so‘ng argentinalik futbolchining “ko‘k-anorranglilar” safiga ijara asosida o‘tishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar moliyaviy fey-pley tufayli Messi bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmayapti. “Barselona”ning qishki transferlar oynasidagi asosiy maqsadi — hozirda “Atletiko Paranaense”da to‘p surayotgan Vitor Rokeni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘ladi.  

Leoning o‘zi ham “Barselona”ga qaytish istagida emas.

Messi MLS chempionatida 5 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:17, 10.10.2023.
O'qildi: 2519 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик