Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Oleg Zoteevning qizil kartochkasi bekor qilinmadi, Ro‘ziqul Berdiyev jarimaga tortildi

Oleg Zoteevning qizil kartochkasi bekor qilinmadi, Ro‘ziqul Berdiyev jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

OKMK — «So‘g‘diyona»

Superliganing 21-turi doirasidagi OKMK — «So‘g‘diyona» uchrashuvi bo‘yicha OKMK futbol klubidan murojaat kelib tushgan. Unga ko‘ra, mazkur uchrashuvning 67-daqiqasida OKMK futbolchisi Sardor Rahmonovga uchrashuv bosh hakami tomonidan berilgan ikkinchi sariq, uning ortidan berilgan qizil kartochka bo‘yicha vaziyat O‘zbekiston futbol hakamlari markazining tashabbusi hamda OKMK futbol klubi murojaatiga asosan Espert hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, bosh hakam tomonidan ushbu vaziyatda xato qaror chiqarilgan deb topilgan.

Sardor Rahmonovga ko‘rsatilgan ikkinchi sariq va qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan bekor qilindi.

«Nasaf» — «Neftchi»

Superliganing 21-turi doirasidagi «Nasaf» — «Neftchi» uchrashuvi yakunlangandan so‘ng «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev raqib jamoa a’zolariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgani va ularga nisbatan tajovuzkor harakatlar qilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdiyevga ("Nasaf") nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Proliga

«Mash’al» — «Lokomotiv»

Pro liganing 20-turi doirasidagi «Mash’al» — «Lokomotiv» uchrashuvining birinchi bo‘lim yakunlangandan so‘ng «Lokomotiv» futbolchisi Oleg Zoteev uchrashuv zaxira hakami sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Mazkur holat bo‘yicha «Lokomotiv» futbol klubi uchrashuv hakami tomonidan futbolchi O.Zoteevga berilgan qizil kartochka bo‘yicha oydinlik kiritishda amaliy yordam so‘ralgan.

Qo‘mita yig‘ilishida uchrashuv zaxira hakami F.Norsafarov va futbolchi O.Zoteevning ko‘rsatmalari tinglandi, shuningdek, taklif etilgan mutaxassislarning xulosalariga muvofiq berilgan qizil kartochkani bekor qilish uchun yetarlicha asoslar topilmadi.

Shuningdek, uchrashuvining 59-daqiqasida «Lokomotiv» klubi murabbiyi A.Miklyayev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Andrey Miklyayevga ("Lokomotiv") nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:48, 12.10.2023.
O'qildi: 3529 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик