"Barselona" yarim himoyachisi Pedri Gonsales jarohatidan deyarli qutildi. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli ispaniyalik dushanbadan jamoa bilan umumiy guruhda ishlay boshlaydi. U "el-klasiko"ga qadar tiklanishni to‘liq davom ettirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Pedri bu mavsumda 2 ta o‘yinda 1 ta gol urdi.