«Milan»ning sobiq futbolchisi Serjinyo Karlo Anchelottini juda yaxshi biladi, chunki uning qo‘l ostida u deyarli butun faoliyatini shu klubda o‘tkazgan - bu 1999 yildan 2008 yilgacha to‘qqiz yilni tashkil etgan.
Shu bois, u Anchelotti zimmasiga yuklatilgan vazifani uddalay olishiga va Braziliya terma jamoasiga eng yuqori mukofotlarni qaytarishiga ishonch bildirmoqda.
«Men Karloni juda yaxshi bilaman. Bizda ajoyib do‘stlik bor. U juda malakali murabbiy. Uning uchun Braziliya terma jamoasi bilan ishlash qiyin, ammo u muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsaga ega», - deya Serjinyoning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.