“Roma” hujumchisi Romelu Lukaku Belgiya terma jamoasi safida yana gol urdi.
30 yoshli futbolchi Yevro-2024 saralash bosqichi davom etayotgan o‘yinda Shvesiya terma jamoasi darvozasiga gol urdi. Rimliklar forvardi 31-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Bu gol Lukaku uchun milliy terma jamoadagi 79-gol bo‘ldi va xalqaro miqyosda gol urish bo‘yicha Neymar bilan tenglashdi.
E’tiborli, bu natijaga erishish uchun Neymar 127, Lukaku esa 112 ta uchrashuv o‘tkazishi kerak edi.