"RB Leypsig" klubi yarim himoyachi Kevin Kampl bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. 33 yoshli futbolchi 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar tuzilgan mehnat shartnomasini imzoladi.
Kampl 2017 yildan beri “RB Leypsig”da o‘ynamoqda. O‘shandan beri yarim himoyachi 220 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan va jamoadoshlari uchun 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Hozirda “RB Leypsig” Germaniya Bundesligasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.