Unda O‘zbekistonda “Peskara” futbol akademiyasi loyihasi hamda uni tashkil qilish bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish masalalari borasida fikr almashildi.
O‘FA vise-prezidenti Odil Ahmedov bilan suhbatda italiyalik mutaxassislar so‘nggi yillarda O‘zbekiston futbolidagi rivojlanish hamda iste’dodli futbolchilar uchun qaratilayotgan e’tiborni yuqori baholashdi.













