Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

RPLda yil transferi: Abbosbek Fayzullayev liga yulduzlarini joyiga «o‘tirgizib qo‘ydi»

RPLda yil transferi: Abbosbek Fayzullayev liga yulduzlarini joyiga «o‘tirgizib qo‘ydi»

Baho:
+ | -

Milliy terma jamoamizning yosh va umidli futbolchisi Abbosbek Fayzullayevdan muxlis-u mutaxassislarning kutilmalari katta. U o‘ziga bo‘lgan ishonchni borgan sari oshirib kelmoqda. Ayniqsa, Rossiya chempionati, SSKA safiga borib qo‘shilgach o‘z o‘yinlarida o‘sishga erishdi. 

Quyida termamiz umidi haqida qisqacha so‘z yuritamiz.

Ikki oy ichida Abbos bir yarim million yevroga qimmatlashdi! Endi vingerning narxi 500 ming yevro emas, balki ikki millionni tashkil etadi. Fayzullayev Rossiya chempionatiga dadil kirib keldi. «Armiya» jamoasi Toshkentning «Paxtakor» klubi qanot himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olib adashmadi. Yoshligidan yigitchaning uzoqqa borishi aniq edi. O‘zining tug‘ilib o‘sgan klubi akademiyasida o‘ynab, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safiga chaqirilgach unga katta umidlar bog‘landi. Ikki yil ichida Abbosbek «Paxtakor»ning asosiy jamoasida o‘zini namoyon qildi. 2022 yilda O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan «yosh yulduz» sifatida e’tirof etilgan.

«Paxtakor» iqtidorli futbolchisi bilan xayrlashishni istamadi. Uning gapiga quloq tutib, Moskvaga qo‘yib yuborish toshkentliklar uchun qiyin bo‘ldi. «Paxtakor» bosh direktori Dmitriy Adisman Fayzullayevning yangi klubida ko‘proq maydonga tushishiga ishonchi komil emasdi. Menejer Abbosning Rossiyada adashib qolishi mumkinligini bashorat qilgan. Oradan bir necha oy o‘tgach, Abbosbek, ehtimol, butun RPLdagi eng yaxshi futbolchilardan biridir.

Haqiqatan ham uning o‘yini ochilib ketishiga biroz shubhalar bor edi. Mavsum boshida SSKA Chalov-Zabolotniy-Oblyakov hujumkor triosini o‘rnatdi. Muxin hujumkor uchlikka muvaffaqiyatli kirib keldi va gol ham ura boshladi. Aftidan, o‘zbekni faqat rotasiyada ko‘rishgan. Biroq yosh qanot futbolchimiz kelajakni ortiq kutib o‘tirmadi, u darhol o‘z o‘rnini egallashga qaror qildi. Fayzullayevga dastlab o‘zini ko‘rsatish qiyin bo‘ldi. U «Dinamo» va «Orenburg» bilan o‘yinlarda mos ravishda uch va o‘n daqiqani maydonda o‘tkazdi xolos. Ammo u «Krilya Sovetov» ga qarshi bahsda o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatdi. Raqib himoyachilari SSKAning yangi futbolchisi haqida hech narsa qila olmadilar. Ushbu uchrashuvdan so‘ng Fayzullayev bazaning ajralmas futbolchisiga aylandi.

Zabolotniyning o‘yinidan hamma muxlislar ham mamnun emasdi. Anton jangchi. Ammo uning funksionalligi juda cheklangan. Fayzullayev Zabolotniy kabi ikkinchi qavatda qanday jang qilishni bilmaydi, lekin u barcha jabhalarda «armiyachilar»ning hujumlarini tezlashtiradi.

Abbos yangi klubida doimiy vingerlik qilmaydi. SSKAda u to‘liq erkinlikka ega. Fayzullayev to‘pni markazda, hatto qarama-qarshi qanotda qabul qilib yuraveradi. Shu bilan birga, uning maydon bo‘ylab doimiy siljishlari sheriklariga to‘sqinlik qilmaydi. O‘zbek ajoyib tezlikka ega, shu tufayli himoyachilardan osongina qochib ketadi. Zabolotniy bo‘yidagi farq va jismoniy kattaligi tufayli bu fazilatlarning barchasiga ega emas. Bunday vaziyat Anton uchun achinarli, chunki u Fayzullayev-CHalov-Oblyakovdan iborat hujum triosiga to‘g‘ri kelmaydi.

RPLda hech kim Fayzullayevdek to‘p bilan chiroyli muomala qilmaydi. U ko‘p ham o‘zini ko‘rsatmaydi, jamoa uchun o‘ynaydi. Agar pressingga yolg‘iz o‘zi bardosh bera olmasligini tushunsa, doim sherik topib, to‘pni uzatadi.

Abbos tezda sheriklari bilan umumiy til topdi. Uning ishtirokida «Rostov» darvozasiga urilgan gol – kosmos! O‘zbekistonlik Davilaning to‘pini keng o‘lchov bilan Kelvenga uzatdi. Braziliyalik futbolchining uzatmasidan keyin Chalov gol urdi. Ajoyib.

Uchinchi to‘p ham yuqori mahorat bilan kiritildi! Fayzullayev raqiblari kutmagan joyda ochiladi. Bu tushunarli. Abbos, yuqorida aytib o‘tilganidek, qanotga biriktirilmagan, balki maydon bo‘ylab erkin harakat qiladi. Shuning uchun himoyachilar ko‘pincha uni ko‘zdan qochiradilar. Ishonasizmi, bo‘yi 170 santimetr bo‘lsa ham o‘zbek boshi bilan yaxshi o‘ynay oladi. «Baltika»ga qarshi o‘yinda Kelvenning kuchli uzatmasidan so‘ng to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi, faqat Latishonok mo‘’jizaviy reaksiya yordamida jamoasini muhim goldan saqlab qoldi.

Abbos qanday qilib Karraskal va Medinani SSKA muxlislari xotirasidan chetga chiqarib yubordi? Birinchidan, uning mehnatsevarligi va himoyaviy o‘yini barchani hayratga soladi. Yosh bo‘lishiga qaramay, yakka kurashlarda u dadil va qo‘pol tarzda o‘ynay oladi. «Rostov»ga qarshi bahsda Abbos to‘liq darajada orqada harakat qildi. Bir epizodda u Bayramyanni gavdasi bilan shunday qattiq turtib yubordiki, u maydondan chetga chiqib ketdi va to‘p o‘zbekning ixtiyorida qoldi. Fayzullayev Karraskaldan ko‘ra ko‘proq gol urish imkoniyatlarini yaratadi (har bir o‘yinda o‘rtacha 0,62 – 0,5). Kolumbiyalik faqat hujumda o‘ynaydi va himoyani eslamaydi.

U shuningdek, «armiyachilar»ning yangi hujumchisi Medinaga qaraganda ko‘proq hujum qiladi (har bir o‘yinda o‘rtacha 1,4, – 1,28). Qayerga qaramang, ijobiy tomonlari bor! SSKA Fayzullayevning keyingi sotilishidan katta pul ishlab oladi. Bir necha mavsumdan so‘ng u Italiyaga bemalol ko‘chib o‘tishi mumkin. «Napoli» uning uchun faoliyatini davom ettirish uchun juda mos keladi. Ha, Kvarasxeliya chap qanotda harakat qiladi, ammo Abbos nafaqat chapda, balki o‘ngda ham erkin o‘ynay oladi.

Fayzullayev o‘z ijrosidan zavq oladi va uni chiroyli bajaradi. SSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov buni tasdiqlaydi: «Abbosbek yaxshi funksional va texnik imkoniyatlarga ega. Eng muhim narsalardan biri bu futbolni tushunish, u uni yaxshi ko‘radi va o‘zini butunlay bu jarayonga bag‘ishlaydi».

Ishonamizki, Abbos bu bilan to‘xtab qolmaydi.

Manba: football24.ru
Kiritildi: 16:47, 19.10.2023.
O'qildi: 33651 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.