Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Daler Kuzyayev: «RPL daraja bo‘yicha uncha orqada emas»

Daler Kuzyayev: «RPL daraja bo‘yicha uncha orqada emas»

Baho:
+ | -

Yozgi transferlar bozori-2023 vaqti Liga 1 (Fransiya) ishtirokchisi - «Gavr» bilan 2 yillik shartnoma tuzgan Rossiya milliy jamoasi yarim himoyachisi Daler Kuzyayev yangi jamoasiga tezda yaxshi moslashdi.

Deylik, sobiq «zenitchi» ortda qolgan 8ta turda raqiblar darvozasiga 2 marta yo‘l topdi. «SE» nashri navbatdagi FIFA kunlaridan foydalanib, Liga 1 debyutantini suhbatga chorladi. Rossiyalik futbolchining intervyu davomida ta’kidlashicha, RPL hozirgi holatida ham daraja bo‘yicha Fransiya chempionatidan uncha orqada emas ekan...

- Rossiya terma jamoasi ixtiyoriga Fransiyadan kelish qiyinchilik tug‘dirmadimi?

- Yo‘q, to‘g‘ri, logistika nuqtai nazaridan ba’zi murakkabliklar kuzatildi, baribir. Bugungi kunda Yevropadan parvozlar Turkiya orqali amalga oshirilmoqda, boz ustiga, reyslarning kechikishi odatga aylanib qoldi. Ammo bu muammo emas, chunki shunday qiyinchiliklar bo‘lishini bilardim. Muhimi, yo‘lga tushish-tushmaslik borasida hech qanday ikkilanish yo‘q edi. Chunki yigitlar va murabbiylarni, terma jamoa muhitini juda sog‘ingandim.

- Xo‘sh, jamoa bazasiga yetib kelish yo‘lida necha soat sarfladingiz?

- Marseldan Istanbulga 4 soatda yetdim, keyin aeroport­da yana shuncha vaqt o‘tirdim. Istanbul - Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvoz ham 4 soatni oldi. Demak, 12 soat, yarim kun ketdi.

- «Gavr» rahbariyati terma jamoa yig‘inida ishtirok etishingizga qarshi chiqmadimi?

- Yo‘q. Faqat murabbiylar shtabi mashg‘ulotlar bo‘yicha muayyan tavsiyalar berdi. Xususan, har bir mashg‘ulotdan keyin ko‘rsatkichlarni maxsus ilova orqali klubga yuborishim shart.

- Terma jamoada depsinish yuzaga kelishidan cho‘chimaysizmi? Deylik, bosh murabbiy Valeriy Karpin oldingi yig‘indan keyin Golovin terma jamoada Fransiya chempionatidagidan ancha sust o‘ynaganini aytgandi...

- Xavotir yoki cho‘chish alomatlari yo‘q. Yigitlar hozir yaxshi tayyorgarlikka egalar. Har holda, ilk mashg‘ulotlardayoq talab darajasida intensivlik ko‘rsatildi. Ha, tan olish kerak, milliy chempionatimiz rivojlanmayapti, qo‘shadigan jihatlar yetarli. Lekin shaxsiy fikrimcha, RPL hozirgi holatda ham daraja bo‘yicha Fransiya chempionatidan uncha orqada emas.

- Fransiya ligasiga moslashuv jarayoni qanday kechdi?

- Birinchi oyda nisbatan qiynaldim: kuniga ikki mahal mashg‘ulot, joylashuv, tanishuv... Yigitlarning jismoniy tomondan kuchliroq va tezkorroq ekanliklari ham sezildi. Lekin takrorlayman, Liga 1 Rossiya chempionatiga nisbatan olganda, mutlaqo boshqa daraja emas.

- Golovin moslashish masalasida yordam beryaptimi?

- Yaxshilikkami yoki yomonlikka bilmadimu, Fransiyada u bilan hali uchrashmadik. Shunchaki, yozishib turibmiz, deylik, bir-birimizni gollar bilan qutlaymiz. Umuman, «Gavr» safiga qo‘shilganimdan keyin aynan Golovin birinchilardan bo‘lib SMS-xabar jo‘natib, yordamini ayamasligini bildirdi. Amalda bir necha yaxshi restoranlarni taklif etishga ham ulgurdi allaqachon.

- Yevropada o‘ynash orzuning cho‘qqisimi? Hozir baxtlimisiz?

- Fransiyaga yo‘l olishdan oldin ham futbol bobida to‘liq baxtiyor edim. Axir «Zenit»dek klubda o‘ynadim, ko‘plab sovrinlar yutdim. Faqat yangi tajribaga ehtiyoj sezayotgandim. 

- Qaysi klubda mashg‘ulotlar og‘irroq: «Zenit»dami yoki «Gavr»da?

- Menimcha, «Gavr»da. Ammo har bir klubda o‘ziga xos yondashuv bor. Misol uchun, yangi klubimda yugurish va yuqori intensiv mashqlar hamda taktik darslarga e’tibor katta.

- Fransiyada yormani rosa sog‘inganingizni aytgandingiz. Bu yerda sizni mehmon qilishdimi?

- Ha, kechki ovqatda yormadan tayyorlangan mazali taom tanovul qildim.

- Fransiyada RPLni ham kuzatyapsizmi?

- Ha, lekin afsuski, barcha o‘yinlarni ko‘rolmayapman. «Zenit» ishtirokidagi bahslarni esa imkon qadar qoldirmayman. Muxlislar 5 yildan buyon chempionatda intriga kutishayotgandi - mana, marhamat! Endi hamma qoniqayotgandir. To‘g‘ri, shaxsiy fikrimcha, «Zenit» hozirgi tanaffusdan keyin qayta o‘yg‘onadi. Albatta, sobiq klubimni qo‘llab-quvvatlayman. Shuningdek, «Axmat»ga ham befarq qaramayman. Menimcha, joriy mavsum chempionlik poygasida kurash odatdagidek aprel emas, balki maygacha davom etadi.

- Birinchi oyda nisbatan qiynaldim: kuniga ikki mahal mashg‘ulot, joylashuv, tanishuv... Yigitlarning jismoniy tomondan kuchliroq va tezkorroq ekanliklari ham sezildi. Lekin takrorlayman, Liga 1 Rossiya chempionatiga nisbatan olganda, mutlaqo boshqa daraja emas.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:31, 19.10.2023.
O'qildi: 1140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик