Angliyaning "Nyukasl" klubi yarim himoyachisi Sandro Tonalining ehtimoliy diskvalifikasiyasi sabab unga o‘rinbosar izlamoqda.
The Telegraph nashrining yozishicha, "qarg‘alar" agar italiyalik futbolchisi uzoq vaqtga diskvalifikasiya qilinsa, "Al-Hilol"dan Ruben Neveshni ijaraga olishga harakat qiladi.
26 yoshli portugaliyalikda APLda harakat qilish tajribasi bor. U o‘tgan yozda "Vulverxempton" safidan "Al-Hilol"ga 55 million yevro evaziga transfer bo‘lgandi.