Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Braziliyada "Internasyonal" "Santos"ni ayab o‘tirmadi - 7:1

Braziliyada "Internasyonal" "Santos"ni ayab o‘tirmadi - 7:1

Baho:
+ | -

"Internasyonal" Braziliya chempionati doirasida o‘z uyida "Santos" ustidan yirik g‘alabaga erishdi (7:1).

Mehmonlar darvozasiga Enner Valensiya ikkita gol kiritgan bo‘lsa, Alan Patrik, Fabrisio Bustos, Luis Adriano va Vanderson Masiel bittadan gol urishdi. Uchrashuvning 1-daqiqasida Kevisonning avtogoli natijasida "Santos" yana bir gol o‘tkazib yubordi. "Santos" safida yagona golga Maksimiliano Silvera mualliflik qildi.

35 ochko to‘plagan "Internasyonal" Braziliya A Seriyasi turnir jadvalida 12-o‘rinda, 30 ochkosi bor "Santos" esa quyi ligaga tushib ketish zonasida - 18-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 07:24, 23.10.2023.
O'qildi: 2030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.