Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Transfer bozorining bo‘lajak yulduzi – Ayvan Touni

Transfer bozorining bo‘lajak yulduzi – Ayvan Touni

Baho:
+ | -

Yozgi transfer oynasi yopilgan. Biroq, ayrim klublarning tarkibini kuchaytirishi zarurligi haqida suhbatlar davom etmoqda.

 «Chelsi» yangi hujumchiga muhtojligini yashirmayapti. Balki xuddi shunday muammo «Arsenal»da ham bordir, garchi «kanonirlar» buni reklama qilishmasa ham. Sifatli hujumchilarni olish juda qiyin, ammo klublar bazi futbolchilarni sotishga tayyor. Masalan, Ayvan Touni. Demak, quyida top-klublar nishoniga tushgan «Brentford» forvardi Ayvan Touni haqida so‘z yuritamiz.

«Asalarilar» Premyer-ligaga ko‘tarilgach, «Brentford» forvardi mashhur bo‘ldi. Touni 27 yoshda va juda ko‘p gol ura oladi - endi uning uchun faoliyatini ko‘tarish vaqti keldi. Ayniqsa, u butun faoliyatini Angliyada o‘tkazganini, lekin hech qachon top-klubda o‘ynamaganini hisobga olsak, bu to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Futbolchi hozirda pul tikish qoidalarini buzganligi tufayli diskvalifikasiyani o‘tamoqda, ammo bu uning potensial klublarini to‘xtata olmaydi. Qolaversa, futbolchi yanvar oyi o‘rtalarida - mavsumning qizg‘in vaqtida maydonga qaytishi mumkin bo‘ladi.

Touni faoliyatining ko‘p qismini Premyer-ligadan tashqarida o‘tkazdi, biroq uni doimo Angliyada ko‘rishga o‘rganib qolganmiz. 2015 yilda u o‘z faoliyatini boshlagan «Nortxempton» klubidan «Nyukasl»ga ko‘chib o‘tgan va shundan beri ijarada o‘ynagan. Forvard 2018 yilda asosiy tarkibda bor-yo‘g‘i 4ta o‘yin o‘tkazgan klubi - «hakkalar» lagerini tark etgandi. O‘sha paytdagi va hozirgi «Nyukasl» turli darajadagi klublar edi, shuning uchun «hakkalar» istiqbolli futbolchini qo‘yib yuborishi o‘sha payt uchun ajablanarli holat emas edi. To‘g‘ri, u ko‘p gol ura olmadi, 3-divizionda «Barnsli», «Shrusberi», «Skantrop» va «Uigan» jamoalarida o‘ynadi.

Touni o‘z vaqtini keyinchalik «Piterboro»da o‘tkazdi, u yerga 2018 yilning yozida «Nyukasl»dan doimiy ravishda ko‘chib o‘tdi. O‘shandan beri u divizionlar turidan qat’iy nazar, har mavsumda kamida 10ta gol urdi. O‘sha paytda «Piterboro» 3-divizionda o‘ynagan. Birinchi mavsumda forvard 16ta, ikkinchisida 24ta gol urdi. Shundan so‘ng hujumchi Chempionshipdagi «Brentford»ga ko‘chib o‘tdi, bir yil o‘tib «Piterboro» ham yuqori ligaga ko‘tarildi. Klub hozir yana 1-ligada o‘ynamoqda.

«Piterboro» Tounini «Nyukasl»dan 390 ming yevroga sotib olgandi. Futbolchi 5,6 million evaziga «Brentford»ga ko‘chib o‘tdi. Transfer o‘zini to‘liq oqladi. Birinchi mavsumida Touni o‘z jamoasi va butun chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Hujumchi 33ta gol urdi va 10ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xuddi shu mavsumdan so‘ng «Brentford» Premyer-ligaga chiqdi. Futbolchi ham elit yulduzlar orasida esankirab qolmadi. APLdagi birinchi mavsumida u 12ta gol urgan bo‘lsa, ikkinchisida 20ta gol urdi. Futbolchining barqarorligi va jadal rivojlanishini payqash qiyin emas.

«Asalarilar»ga bu mavsumda eng yaxshi to‘purar yetishmayapti. «Brentford» ko‘p gol urolmayapti, g‘alabalar ham ancha oz. Touni nafaqat vaziyatlarni to‘laqonli amalga oshirish nuqtai nazaridan, balki jamoaning umumiy ko‘rsatkichlarida ham muhim figura hisoblanadi. Ayvan biroz Xarri Keynga o‘xshab ketadi. U nafaqat hujumning oldingi qismida foydali, balki orqa zonadan o‘ynashda ham mukammal. Touni, shuningdek, qanot yarim himoyachilari uchun joy bo‘shatib, raqiblarni o‘ziga qarata oladi. O‘tgan mavsumda u 90 daqiqada o‘rtacha 2,26 marta qoida buzgan.

Lekin birinchi navbatda Touni gol urish mahorati bilan ajralib turadi. O‘tgan mavsumda u 90 daqiqada o‘rtacha 0,61ta gol urgan. Premyer-liga to‘purarlari ro‘yxatida u faqat Keyn va Erling Xolanddan ortda qoldi. Ayvan bir mavsumda o‘rtacha 25ta asosiy uzatmani amalga oshirib, hujumlarni yakunlash va rivojlantirishga yordam berdi. Touni ikkala oyog‘i bilan ham darvozaga xavfli zarba bera oladi. U ikkinchi qavatda ham yaxshi o‘ynaydi. Bundan tashqari, Ayvan allaqachon 11ta penaltini amalga oshirgan, ikki marta jarima zarbasidan va 3 marta boshi bilan darvozani ishg‘ol qilgan.

Hujumchilarga bo‘lgan talab yuqoriligini hisobga olsak, Touniga qiziqish uning diskvalifikasiyasi fonida ham sovib qolmaydi. «Brentford» bosh murabbiyi Tomas Frank futbolchi yanvar oyidayoq klubni tark etishi mumkinligini tasdiqladi. Hammasi takliflarga bog‘liq bo‘ladi. «Asalarilar» futbolchini 80 million funtga baholashmoqda. Frankning fikricha, klublar yarim himoyachilar va himoyachilar uchun katta summalar to‘layotganini hisobga olsak, bu narx adolatli. Sifatli forvardlar yuqori narxda baholanishi kerak.

Mish-mishlarga ko‘ra, «Arsenal» va «Chelsi» Tounini sotib olish uchun nomzodlar ro‘yxatida bor. «Ko‘klar»dan farqli o‘laroq, «kanonirlar» jamoaga yangi hujumchi kerakligini ochiq aytishmadi, biroq ko‘plab mutaxassislar buni ta’kidlab o‘tishdi. Pol Merson aytganidek, Eddi Nketia «kanonirlar» uchun Premyer-ligani yutishda yordam bera olmaydi va Gabriel Jezus unchalik yaxshi o‘yin ko‘rsatmayapti. Braziliyalik futbolchiga hujumda sherik kerak, biroq ekspertlarning fikricha, «Arsenal»­da hozircha munosib saviyadagi futbolchilar yo‘q.

Britaniya OAVning xabar berishicha, «kanonirlar» yangi forvardni qo‘lga kiritish uchun o‘z futbolchilarini sotishlari kerak, aks holda ular moliyaviy feyr-pley qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. «Kanonirlar» yangi kelganlar uchun juda ko‘p pul sarflashdi, shuning uchun ular sof foyda olish uchun o‘z futbolchilarining bir qismini sotishlariga to‘g‘ri keladi. Bu, masalan, oz o‘yin vaqtiga ega bo‘layotgan Emil Smit-Rou yoki o‘sha Nketia bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘p narsa bozordagi vaziyatga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar «Arsenal» yangi hujumchini sotib olishga qaror qilsa, «Chelsi»dek jiddiy raqibga duch kelishi mumkin.

«Ko‘klar» esa Touni bilan shartnoma imzolashda muammoga duch kelmaydi. Ularga hujumchi kerak, ham pul bor. Lekin bunda yana bir muhim jihat borki, «Chelsi» hozir Ayvan ko‘chib o‘tishi uchun eng jozibali joy emas. Albatta, bu top-klub, ammo chempionlikka intilayotgan «Arsenal»ning reytingi hozir ancha yuqori. Touni uzoq vaqtdan beri yangi marralarga qadam qo‘yishga tayyorligini bildirgan. Asosiysi, to‘g‘ri daqiqani kutish va to‘g‘ri tanlov qilishdir.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:10, 24.10.2023.
O'qildi: 1322 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.