«Bavariya» bugun yangi rekord o‘rnatishi mumkin.
Agar Tomas Tuxel shogirdlari «Galatasaroy»ni mehmonda mag‘lub etsa, «qizil mashina» Chempionlar ligasi guruh bosqichida safarda ketma-ket 8 o‘yinda g‘alaba qozongan tarixdagi birinchi klubga aylanadi.
Ayni damda «Bavariya» bu rekordni Turinning «Yuventus»i bilan bo‘lishib turibdi. Har ikki jamoa Chempionlar ligasi guruh bosqichida turli vaqtlarda safarda ketma-ket 7 ta g‘alabaga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» dastlabki ikki turda «Kopengagen» va «Manchester Yunayted»ni ortda qoldirib, o‘z guruhida maksimal ochko jamg‘argan edi. O‘tgan mavsumda «qizil mashina» guruhdagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan.