Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Nega Xoland "Oltin to‘p" uchun kurashda Messini mag‘lub etishi kerak?

Nega Xoland "Oltin to‘p" uchun kurashda Messini mag‘lub etishi kerak?

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" ustozi Gvardiola "Oltin to‘p" va Messi haqida shunday degan: "Doimo aytib kelganman, "Oltin to‘p" topshirish marosimida ikkita qism bo‘lishi kerak: biri Messiga, qolgani esa boshqa nomzodlar uchun".
Messi bu mavsumda ham ushbu sovrin uchun eng asosiy da’vogar sanaladi. Negaki, u 2022 yilgi mundialni yutib, MLSda ham ko‘plab gollar urishga erisha oldi. Unga bas keladigan futbolchini topish qiyin. Ammo bu borada raqib yo‘q emas. "Barselona" afsonasi bilan "Oltin to‘p" uchun faqatgina Erling Xoland kurashishi mumkin. Quyida nima uchun norvegiyalik hujumchi 2023 yilgi sovrin uchun Messidan ustunligini asoslashga harakat qilamiz.

Xolandning gollari soni

O‘tgan mavsum boshida Xoland borasida ko‘plab so‘roqlar bor edi. Ammo bu so‘roqlar mavsum davomida barham topdi. Xoland APLning dastlabki 10 turida 15 ta golga mualliflik qildi. Ular ichida 3 ta xet-trik bor edi. Shuningdek, u YECHLning 3 ta o‘yinida 5 ta gol urishga erishgan. 23 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumni 53 ta o‘yindagi 52 ta goli bilan yakuniga yetkazdi. Gollarning 36 tasi APLning 35 ta turida kiritilgan bo‘lib, Xoland bu orqali Muhammad Salohning rekordini yangiladi. Bundan tashqari, mavsum davomida Erling 9 ta assist ham ijro etgan. Bu bilan Xolandning gollardagi ishtiroki 61 taga yetadi.
Messi esa "PSJ" bilan mavsum davomida 41 ta golda qatnashdi. Fransiya va Angliya chempionatining darajasini hisobga olsak, oradagi farq yanada kattalashadi.

Xolandning sovrinlari soni

Gvardiola "Manchester Siti"ga kelganidan buyon jamoani ingliz futboli durdonasiga aylantirdi. Shunga qaramay, u YECHLni yuta olmay kelayotgandi. Xoland kelgach, bu ish bajarildi. Shu bilan Gvardiolani Messisiz YECHLni yuta olmayotganlikda ayblayotganlarning ham ovozi o‘chdi. Xoland o‘tgan mavsum davomida 11 ta YECHL o‘yinida 12 ta golda qatnashdi. 23 yoshli hujumchi chorak-finalning "Bavariya"ga qarshi kechgan har ikki o‘yinida gol urdi. Aynan uning barqarorligi APLni yutishda "shaharliklar"ga qo‘l keldi. "Arsenal"ni so‘nggi haftalarda dog‘da qoldirgan Gvardiola shogirdlari, Xolandning gollarisiz bunga erisha olmasdi. Mavsum yakunlanganidan bir necha kun o‘tgach, Angliya kubogi ham qo‘lga kiritildi. Finalda ashaddiy raqib bo‘lmish "MYU" taslim etildi. Finalgacha bo‘lgan o‘yinlarda ham Xoland gollarda tinmay ishtirok etib keldi.

Xolandning terma jamoalar miqyosidagi faoliyati

Adolat yuzasidan aytish kerakki, Messining 2023 yilgi "Oltin to‘p"ni olishi, asosan Qatardagi mundial bilan bog‘liq. Argentina Messi sababli jahon chempioni bo‘lganini inkor etib bo‘lmaydi, albatta. Ammo bu borada raqobatchi bo‘lgan Erling Xoland uchun o‘tgan qish boshqacharoq kechdi. Norvegiya terma jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmadi. Shu sababli Xoland "Manchester Siti" bilan qoldi. Norvegiya o‘z tarixida faqat uch martagina mundialga chiqqan va ularning barchasi o‘tgan asr xotiralarida qolgan. Shu sababli Xolandning qadrini terma jamoadagi o‘yinlar bilan o‘lchash unchalik ham to‘g‘ri emas. Masalan, yigirma birinchi asrda terma jamoalari unchalik kuchli bo‘lmagan futbolchilar – Andrey Shevchenko (Ukraina) va Pavel Nedved (Chexiya) ham "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olgan. Shunday ekan, Xolandga 30 oktyabr kungi taqdirlash marosimida omad tilab qolamiz.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 11:05, 25.10.2023.
O'qildi: 5332 marta.
Fikrlar: 36 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.