Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Falastin terma jamoasi nihoyat mamlakatdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi

Falastin terma jamoasi nihoyat mamlakatdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Isroil va "HAMAS" o‘rtasidagi urushning keskinlashuvi natijasida, G‘azo sektori va Iordan daryosining g‘arbiy sohilida o‘tkaziladigan mahalliy chempionat o‘yinlari 7 oktyabr kuni to‘xtatilgan edi. Chegaralarning yopilishi tufayli Falastin terma jamoasi Malayziyadagi "Merdeka kubogi"da ham qatnasha olmadi.

Oqibatda, Falastin terma jamoasining JCH-2026 saralashida qatnashish uchun neytral maydonga chiqib ketishi so‘roq ostida qolayotgan edi. Iordaniya shahzodasi Alining vaziyatga aralashuvi natijasida, Falastin terma jamoasi a’zolari Iordaniyaga olib kelindi va shu yerda JCH saralashiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Shahzoda Ali Falastinning Avstraliyaga qarshi o‘yinini ham Iordaniyada o‘tkazmoqchi edi. Ammo, yaqinda OFK kubogi doirasidagi "Al Vehdat"-"Al Qahraba" o‘yini davomida, mezbon muxlislar tomonidan Falastin milliy hukumati raisi Mahmud Abbas sha’niga nomaqbul hayqiriqlarning yangrashi - Falastin futbol assosiasiyasining JCH saralashi uchun neytral maydon sifatida Iordaniyani emas, Quvaytni tanlashiga turtki bo‘ldi.

Falastin terma jamoasi Livanga qarshi 1-tur o‘yini oldidan, 11 noyabr kuni Saudiya Arabistonida Yaman terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Kiritildi: 15:05, 28.10.2023.
O'qildi: 1734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик