Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Aleksandr Xomyakov: "Omad biz tomonda bo‘lmadi"

Aleksandr Xomyakov: "Omad biz tomonda bo‘lmadi"

Baho:
+ | -

“Andijon” – OKMK (0:1) uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— Barchangiz o‘yinni ko‘rdingiz. Bugungi o‘yinimiz g‘alabaga mos emasdi. Shuningdek, mag‘lubiyatga ham uchramasligimiz kerak edi. Bir vaziyatda penaltiga o‘xshagan holat bo‘ldi. Agarda u amalga oshganida o‘yin boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Bu uchrashuvda bizda bir qator bosimlar ham bor edi. Agar g‘alaba qozonganimizda 5-o‘ringa chiqib olishimiz mumkin edi. Afsuski, ba’zi vaziyatlarda o‘yinni o‘z qo‘limizga ololmadik. Yana ayrim holatlarda asabiylashishga to‘g‘ri keldi. Shu sabab Bekmurotovni ham almashtirishga qaror qildim. Chunki ko‘proq asabiylashdi va natijada birinchi taymning o‘zida almashtirdim. O‘yinimiz haqida nima deyishim mumkin? Yana takrorlayman: o‘yinimiz g‘alabaga mos emasdi. Imkoniyatlarimiz ham ko‘p bo‘lmadi. Qanotlardan to‘p oshirishlarda ham bir qator xatoliklarga yo‘l qo‘ydik. Armin bosh bilan zarba yo‘llaganida aniqlik yetishmadi. Alamlisi, maydon markazini boy berdik. O‘yinga tayyorgarlik jarayonida bu holatlarga e’tibor qaratgandik. Ammo maydonni boshqa chiziqlarida ham kamchiliklar bo‘ldi. Hozir biror-bir fikr bildirish ham qiyin bo‘lyapti. Bunday holatlar bizga keyingi uchrashuvlarda dars bo‘ladi, deb o‘ylayman. Bu kabi uchrashuvlar orqali futbolchilarning ruhiyati yanada kuchayadi. Mag‘lubiyatni to‘g‘ri qabul qilib oldinga intilamiz.

— Farhod Bekmurotov bilan nima yuz berdi?
— Bunday holatlar hammada ham bo‘lib turadi. Bosim katta edi, muxlislarimiz bu o‘yinda ham faqat g‘alaba kutishgandi. Tayyorgarlik shunga yarasha bo‘lgandi. Bu safar ham ishqibozlarni g‘alaba bilan xursand qilishni xohlagandik. Ushbu uchrashuvda hissiyotlar ko‘p bo‘ldi. Uning o‘yindagi hissiyotga berilib qilayotgan harakatlarini ko‘rib va 10 kishi bo‘lib qolishdan cho‘chigan holda futbolchini almashtirdim. Uni tinchlantirish uchun zaxiraga oldim. Umumiy ma’noda aytganda, yigitlarimiz harakat qilishdi. Omad biz tomonda bo‘lmadi.

— Bugungi uchrashuvda jamoangizga nima yetishmadi?
— Biz vaziyatni o‘zgartirishga astoydil harakat qildik, ayniqsa, birinchi taymni o‘zida. Hattoki, raqib bizni yaxshi nazorat qilgan bo‘lsa ham oxirigacha kurashdik. Raqibning bir qator harakatlarini yopa olmadik. Ba’zi holatlarda esa asabiylashdik. Bunday bahslarda biroz tajribamiz ham yetishmadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 20:37, 28.10.2023.
O'qildi: 1061 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.