Bugun Superliganing 23-tur o‘yinlari davom ettirildi.
OCHL jamoalarini o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchratib kelayotgan "Andijon" halqaro turnirning yana bir ishtirokchisi - OKMKni qabul qildi. Ushbu uchrashuv taqdirini Xurshid G‘iyosov tomonidan aniq amalga oshirilgan penalti hal qildi - 0:1.
Toshkentda esa "Bunyodkor" chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Neftchi"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ertaga bo‘lib o‘tadigan "Buxoro" hamda "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv tur o‘yinlariga yakun yasaydi.