Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

Superliga. "Nasaf" peshqadam "Neftchi" darvozasiga 6 ta gol urdi

Superliga. "Nasaf" peshqadam "Neftchi" darvozasiga 6 ta gol urdi

Baho:
+2 | -

O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda "Nasaf" o‘z maydonida "Neftchi"ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 6:2.

Qarshidagi "Markaziy" stadionida mezbonlar uchrashuvni juda shiddatli boshladi. 6-daqiqada Umarbek Eshmurodov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Bobir Abdixoliqov Sharof Muhitdinovning uzatmasini golga aylantirdi.

22-daqiqada Sharof Muhitdinovning o‘zi ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 40-daqiqada esa Adenis Shala hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shu tariqa, "Nasaf" birinchi bo‘limning o‘zida to‘rtta javobsiz gol urdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Bobir Abdixoliqov dublni rasmiylashtirdi. 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Alisher Odilov "Neftchi"ning birinchi javob golini urdi. Biroq 80-daqiqada Alibek Davronov mezbonlarning oltinchi goliga mualliflik qildi.

Uchrashuvning 89-daqiqasida Stipe Perisa Alisher Odilovning uzatmasidan keyin yana bir to‘p kiritdi va yakuniy hisobni belgiladi — 6:2.

Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari Superliga peshqadami "Neftchi" ustidan mavsumdagi eng yorqin g‘alabalaridan birini qo‘lga kiritdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:03, 04.09.2026.
O'qildi: 3165 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик