Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Anvar El-G‘ozi: "Men Falastin haqidagi pozisiyamdan afsuslanmayman va aytganlarimdan uzoqlashmayman"

Anvar El-G‘ozi: "Men Falastin haqidagi pozisiyamdan afsuslanmayman va aytganlarimdan uzoqlashmayman"

Baho:
+ | -

"Mayns" vingeri Anvar El-G‘ozi Yaqin Sharqdagi mojaro haqida yana bir post yozib, unda klubning 30 oktyabr kuni futbolchi bilan vaziyat bo‘yicha murosaga erishilgani haqidagi bayonotini rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, 17 oktyabr kuni nemis klubi niderlandiyalik futbolchi o‘zining "Instagram"dagi sahifasida Falastinni qo‘llab-quvvatlab, “Daryodan dengizgacha” degan iborani ishlatgani uchun o‘yin va mashg‘ulotlardan chetlatgan edi.

Ikki hafta o‘tgach, "Mayns" El-G‘ozi o‘zini postdan uzoqlashtirganini va jamoa bilan ishlashga qaytishini e’lon qildi.

"Shubhaga yo‘l qo‘ymaslik uchun: 27 oktyabrdagi bayonotim (Anvar Falastin va Isroilda barcha begunoh tinch aholining o‘ldirilishini qoralashini va Yaqin Sharqda tinchlik tarafdori ekanligini yozgan - muallif) "Mayns" klubi uchun yagona va ommaviy yakuniy bayonot edi.

Menga bildirilgan har qanday boshqa bayonotlar, sharhlar yoki uzrlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va men tomonidan aytilmagan yoki ruxsat etilmagan.

Mening pozisiyam bu boshlangan paytdagidek qoladi:

- Men urush va zo‘ravonlikka qarshiman;

- Men barcha begunoh fuqarolarning o‘ldirilishiga qarshiman;

- Men kamsitishning har qanday shakliga qarshiman;

– Men islomofobiyaga qarshiman;

- Men antisemitizmga qarshiman;

– Men genosidga qarshiman;

- Aparteidga qarshi;

- Men ishg‘olga qarshiman;

- Men zulmga qarshiman.

Men o‘z pozisiyamdan afsuslanmayman. Insoniyat va mazlumlar uchun so‘nggi nafasimgacha bugun va har doim aytganlarimdan uzoqlashmayman va shu so‘zimda turaman.

Hech bir davlat oldida alohida mas’uliyatim yo‘q. Men biron bir shaxs yoki davlat xalqaro huquqdan ustun ekanligiga va ularning xatti-harakatlari shubha ostiga olinmasligiga ishonmayman.

Adolat tarafdori bo‘lib haqiqatni gapirishdan boshqa ilojim yo‘q, o‘zimga, ota-onamga, yaqinlarimga zarar yetkazsa ham shunday qilgan bo‘lardim.

So‘nggi 3 hafta ichida G‘azoda 3500 dan ortiq bolaning o‘ldirilganini hech qanday oqlab bo‘lmaydi. Save the Children tashkilotiga ko‘ra, G‘azoda har 10 daqiqada bir bola halok bo‘layotgan bo‘lsa, qanday qilib jim turamiz? Ya’ni 1 ta futbol o‘yinida 9 bola halok bo‘ldi. Bu raqam kundan-kunga ortib bormoqda.

Biz shunchaki jim turolmaymiz. G‘azodagi qotilliklarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirishimiz kerak!". – deb yozdi Al-G‘ozi o‘zining "Tvitter"dagi sahifasida.

Kiritildi: 20:56, 01.11.2023.
O'qildi: 1879 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.