Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

«MYU»da manchesterlik milliarder

«MYU»da manchesterlik milliarder

Baho:
+ | -

Nihoyat, «MYU»ni sotish jarayoni o‘rnidan qo‘zg‘ala boshladi...

Klub aksiyalarining 25 foizi uchun mahalliy milliarder Jim Retkliff 1,4 milliard funt taklif etdi. 3 yildan keyin u klub nazoratini to‘la-to‘kis o‘z tasarrufiga olishni rejalashtirgan.

Ulushi unchalik katta bo‘lmasada, milliarder klubning mustaqil sohibidek o‘ta jiddiy tarzda ishga kirishish niyatida. Xo‘sh, ser Jim nimalarni va’da qilmoqda? Hozircha, xabarlar mahalliy deputatning saylovoldi targ‘ibotini eslatadi. Biroq shuncha yillik sokinlikdan so‘ng, bu ham ijobiy holat.

*** Jim Retkliff Manchesterdan 6 km. uzoqlikda joylashgan Feylsuert shaharchasida dunyoga kelgan, bolaligidan «MYU» muxlisi. To‘g‘ri, Londonga ko‘chib o‘tganidan keyin «Stemford Brij»ning mavsumiy abonementi bilan yuradigan bo‘ldi. O‘tgan yili milliarder «Chelsi»ni xarid qilish niyatini bayon etgandi. Uchrashuvlarning birida muxlislar unga nima uchun u «MYU»ni xarid qilishga urinmaganligi xususida savol berishdi:

«Butun hayotim davomida «MYU» muxlisi bo‘lganman... Biroq «Yunayted» Gleyzerlar tasarrufida. Men Joel va Avram bilan uchrashdim. Ular klubni sotish niyatida emasdilar. Biz shunchaki, qachon «MYU»ning sotilishini kutib, jim o‘tira olmaymiz».

Xarid uchun dastlabki imkoniyat paydo bo‘lishi bilan, ser Jim «bolalikdagi orzusi bo‘lgan klubga ega bo‘lish» harakatini boshlab yubordi.

***   Ishonchli jurnalist Ben Jeykobsning ma’lumotiga binoan, Manchesterga kelganidan keyin Retkliff klub tizimida 100 kunlik to‘liq tekshiruv ishlarini o‘tkazadi. Bu normal jarayon: «Chelsi»ni xarid qilgan Todd Bouli ham tekshiruv uchun 100 kunni ajratgandi.

The Athleticning qo‘shimchasi: «Retkliffning maqsadi - uzoq vaqt davomida «MYU»ga vasiy bo‘lish va klub boshqaruvida yuksak standartlar va progressiv munosabatlarni o‘rnatish. Manchester fuqarosi sifatida u «Yunayted»­ni munosib o‘ringa ko‘tarishni istaydi».

***   Bir qator jurnalistlar mazkur e’tirofni tasdiqladilar: ser Jimning guruhi «MYU» biznesidagi sportga aloqador qismini o‘z zimmasiga oladi - bosh murabbiy, sport direktori va futbolga oid boshqa lavozimlarga kimni tayinlashni o‘zi hal qiladi.

Lekin Erik ten Xag xavotir olmasa ham bo‘laveradi: guruhdagilar niderlandiyalik murabbiy faoliyatidan mamnunlar. Bosh direktor Richard Arnold va sport direktori Jon Merto esa ketishlari mumkin. Ayniqsa, «Sautgempton», «Tottenxem» va «Monako»da samarali faoliyat yuritgan top-mutaxassis Pol Mitchell hozir ishsiz ekanligini inobatga olganda. «Ular Fredga o‘xshagan o‘yinchilarga ortiqcha haq to‘lab, pulni isrof qiladilar, «Lill» va «Sautgempton»dek yosh iqtidorlarni qidirib topishga intilmaydilar. «Yunayted» iqtidorli o‘yinchilarni jalb etishni to‘xtatib qo‘ydi», - degandi ser Jim 2019 yilda.

Nima uchun sport sohasini aksiyalarnig bir qismini xarid qilgan sohib boshqarmoqda? The Athleticning javobi: chunki Retkliff suyukli jamoasini zolimlar changalidan ozod etish uchun o‘z odatiga zid ravishda Gleyzerlarning oshirilgan bahodagi talabini qabul qildi. Murabbiyni kim tayinlashining Gleyzerlar uchun umuman, qizig‘i yo‘q.

*** Times ma’lumotiga ko‘ra, Retkliff guruhi «Old Trafford»dagi o‘rindiqlar sonini 90000taga yetkazish masalasini ko‘rib chiqadi - hozir stadion 74310 nafar muxlisni qabul qila oladi. «Old Trafford»ni qayta ta’mirlash haqida anchadan beri gapirishmoqda: so‘nggi ta’mirlash ishlari 2006 yilda amalga oshirilgandi. Gleyzerlarda esa «jiddiy o‘zgarishlar uchun yetarli mablag‘ mavjud emas». Retkliff guruhi bu yumushlarni bajarish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratadi. «Old Trafford»ga Yevro-2028 mezbonligi huquqi berilmadi. Stadion tomidan chakka o‘tadi, u yerni kemiruvchilar egallab olgan, hojatxonalar talab darajasida emas.

***   Retkliff va uning guruhi avvaliga klub aksiyalarini nazorat paketiga ega bo‘lish maqsadida aksiyaning 69 foiziga xaridor bo‘lgandi. Taklif rad etilgach, ser Jim strategiyani o‘zgartirdi: hozir 25 foiziga pul to‘laydi, qolgan qismini 2026 yilda beradi.

 A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:26, 03.11.2023.
O'qildi: 3181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.