Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Messi: "Men va Ronaldu uzoq yillar har qanday maqtovga loyiq edik"

Messi: "Men va Ronaldu uzoq yillar har qanday maqtovga loyiq edik"

Baho:
+ | -

Lionel Messi Krishtianu Ronaldu bilan uzoq yillik raqobati haqida fikr bildirdi.

- Ko‘p yillar davomida siz va Krishtianu Ronaldu "Oltin to‘p" uchun dahshatli kurash olib borgansiz. Sizda undan uchta ko‘proq kubok bor, hammasi uzoq vaqt oldin bo‘lgan...

- Bu sport nuqtai nazaridan juda yaxshi "jang" bo‘ldi. Biz bu raqobatni o‘zaro kuchaytirdik, chunki ikkalamiz ham g‘alabalar uchun kurashishni yaxshi ko‘ramiz. Shuningdek, u har doim hamma narsani, har doim g‘alaba qozonishni xohlardi. Bu ikkalamiz uchun ham, futbolni yaxshi ko‘radiganlar uchun ham juda yoqimli vaqt bo‘ldi.

O‘ylaymanki, biz uzoq vaqt davomida birinchi o‘rinda qola olganimiz uchun katta hurmatga loyiqmiz. O‘n yildan o‘n besh yilgacha cho‘qqida qolish nihoyatda qiyin. Bu ajoyib vaqt edi va o‘ylaymanki, bizni kuzatib borgan har bir kishi u haqida ajoyib xotiralarni saqlab qoladi", - dedi “Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi.

Kiritildi: 21:52, 04.11.2023.
O'qildi: 5270 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик