Diyego Simeone «Atletiko» bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytiradi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, argentinalik murabbiy madridliklar klubi bilan maoshini sezilarli darajada kamaytirgan holda shartnoma tuzishga rozi bo‘lgan.
Kelishuvning uzaytirilishi haqida yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Simeone 2011 yilning dekabridan buyon Madridning «Atletiko» klubini boshqarib kelmoqda.