Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Gvardiola: «Jamoaga ta’sir qilish uchun o‘yindan keyin futbolchilarga yaqinlashish shart emas»

Gvardiola: «Jamoaga ta’sir qilish uchun o‘yindan keyin futbolchilarga yaqinlashish shart emas»

Baho:
+ | -

Pep Gvardiola derbidan so‘ng Roy Kinning Erlig Xoland bilan bo‘lgan mojarosiga javob qaytardi.

APLning 10-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Xoland ikkita gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Maydonni tark etarkan, «Manchester Siti» bosh murabbiyi hujumchi bilan birinchi bo‘limda boshi bilan yo‘llagan zarbasini muhokama qildi - Gvardiolaning fikricha, norvegiyalik futbolchi boshqacha zarba berishi kerak edi.

Roy Kin Gvardiolaning xatti-harakatidan norozi edi: «Bu shou uchun, biz kiyinish xonasida gaplashishimiz mumkin. Faqat tunneldan pastga tushing va g‘alabangizdan zavqlaning», – degandi Kin. U shaxsiy gaplarni kamera oldida gaplashishga qarshi chiqdi. 

«Men Roy Kinni juda hurmat qilaman. Ba’zida o‘yindan keyin tunnelga tushaman, gohida qolaman. O‘yinchi bilan uchrashganimda o‘yinni muhokama qilamiz. U yerda kameralar borligini bilaman.

O‘sha paytda men tashqarida edim, muxlislar bilan g‘alabani nishonlamoqchiman, ayniqsa safarda. Muxlislar uchun «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin juda muhim.

Balki Roy haqdir, lekin bu narsalar sodir bo‘lib turadi. Gohida tunnelga tushaman, gohida hakamlar bilan salomlashaman – ayni damdagi hislarimga qarab.

Jamoaga qandaydir ta’sir qilish uchun o‘yindan keyin futbolchilarga yaqinlashish shart emas deb o‘ylayman.

Albatta, men buni tunnelda qilishim mumkin edi. Kiyinish xonasida buni ko‘p marta qilganman», dedi «Manchester Siti» bosh murabbiyi.

Kiritildi: 21:12, 05.11.2023.
O'qildi: 1240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.