Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Ro‘ziqul Berdiyev: «Raqib bunchalik himoyalanishini kutmagandik, chunki bunday tarkib bilan yorqinroq o‘ynasa bo‘lardi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Raqib bunchalik himoyalanishini kutmagandik, chunki bunday tarkib bilan yorqinroq o‘ynasa bo‘lardi»

Baho:
+ | -

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev OCHL guruh bosqichi 4-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Sharja"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"G‘alaba uchun maydonga tushgandik, ammo hamma ko‘rdi: raqib 1 ochko uchun vaqtni cho‘zishga urindi. Shunga qaramasdan hisobni tenglashtira oldik. Ustunlik bizda bo‘ldi. Ko‘proq hujum qildik. Afsuski, natija biz kutgandek bo‘lmadi. Raqib bunchalik himoyalanishini kutmagandik. Chunki bunday tarkib bilan yorqinroq o‘ynasa bo‘lardi.

Jigauri penaltidan foydana olmagani va Davronov qizil kartochka olgani? Ha, birinchi golni biz urganimizda boshqacha bo‘lardi va oxirida Alibek ham ehtiyotkor o‘ynishi mumkin edi. Lekin, keling, bugun aybdorni izlamaylik. Jamoa sifatida shu natijaga erishdik.  

Tig‘iz taqvim? Mashg‘ulotlarni qisqa va kam o‘tkazyapmiz. Yarimhimoya va hujumda rotasiya qilyapmiz, lekin himoyada Shuhrat Muhammadiyevning jarohati bois bunday imkoniyatga ega emasmiz. Shu sabab G‘aybullayev va Nasrullayevda biroz toliqish sezilmoqda.  

Shtatli penaltichi? Bunday o‘yinchi qolmadi — hamma navbatma-navbat xato qilyapti. Menimcha, bu ruhiy jihat bilan bog‘liq. Chunki mashg‘ulotlarda ko‘p ishlaymiz va futbolchilar yaxshi tepishadi», — dedi Berdiyev.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:08, 07.11.2023.
O'qildi: 1887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.