Rudi Garsiya Chempionlar ligasi doirasida "Union" jamoasi bilan qayd etilgan durang (1:1) haqida fikr bildirdi.
"Biz xato tufayli gol o‘tkazib yubordik. Natijadan hafsalamiz pir bo‘ldi: biz g‘alaba qozonishimiz mumkin edi va g‘alabaga loyiq edik, ammo bunga erisha olmadik.
Imkoniyatlarimiz bo‘ldi – darvozabon yordamga keldi, biroq raqib ham ustunga zarba berdi", — dedi "Napoli" bosh murabbiyi.