Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

"Bavariya" Noyer va Myuller bilan shartnomani uzaytiradimi?

"Bavariya" Noyer va Myuller bilan shartnomani uzaytiradimi?

Baho:
+ | -

"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner darvozabon Manuel Noyer va yarim himoyachi Tomas Myullerning klubdagi kelajagi haqida gapirdi.

“Noyer? Agar hamma narsa yaqinda bo‘lgani kabi rivojlansa, yangi shartnomaga qarshi hech narsa yo‘q. Lekin biz hozir Noyerga vaqt beramiz, keyin esa klub rahbariyati u bilan xotirjam o‘tirishadi. U allaqachon o‘zining eng yaxshi formasiga kirishganga o‘xshaydi. Manuel "Bavariya"da nima borligini biladi va biz unda nima borligini bilamiz. Myuller? U klub faxriysi - endi unga o‘xshagan hech kim bo‘lmaydi. Ammo Tomas bilan ham shoshilishning hojati yo‘q. U hammamiz uni qanchalik qadrlashimizni biladi.

Myuller va Noyerni o‘yinni tugatgandan so‘ng klubda boshqa lavozimlarda saqlab qolamizmi? Kelajakda Noyer, Myuller va Bastian Shvaynshtayger kabi futbolchilarni “Bavariya”ga o‘tishini ko‘rishdan xursand bo‘lardim. Bu oilaviy muhit muxlislarimiz va jamoamiz a’zolari tomonidan ham qadrlanadi", - dedi Xayner Bayern and Germany bilan suhbatda.

Noyer 2011 yildan beri "Bavariya"da o‘ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida u 491 ta o‘yin o‘tkazib, shulardan 235 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan, qolganlarida esa 386 ta gol o‘tkazib yuborgan. 37 yoshli darvozabonning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Myuller "Bavariya" tarbiyalanuvchisi va akademiyadan asosiy jamoagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. 34 yoshli yarim himoyachi nemis klubi safida 679 o‘yin o‘tkazib, 237 gol urgan va 261 golga assistentlik qilgan. "Bavariya" bilan shartnoma 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:32, 09.11.2023.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.