Bir vaqtlar top klublar e’tiboriga tushib, kelajagi porloq bo‘lishi kutilgan 8 nafar braziliyalik yulduz haqida gaplashamiz.
Vagner Lav
Mazkur futbolchini hozirda ko‘pchilik eslay olmaydi. Moviy sochlarga ega, Rossiya Premer-ligasi vakili SSKA Moskva klubining gol mashinasi.
"Flamengo" va "Palmeyras" bilan Braziliyaga qisqa vaqt qaytgandan so‘ng, Lav yana ikki mavsum uchun SSKAga qaytib, keyin Xitoyning "Shandong Luneng Taishan"ga yo‘l oldi. U yerdan so‘ng, bir yilga "Korintians"ga, keyin esa "Monako"ga o‘tib, bor yo‘g‘i 12 o‘yinda maydonga tushadi. Faoliyatini Turkiyada tugatadi.
To‘rt mavsum bu yerda "Alanyaspor" va "Beshiktosh" klublarida faoliyat olib bordi. Qozog‘iston, Daniya va yana Braziliya, lekin bu safar B Seriyaning "Sport Resife" bilan ishladi. Vagner Lav 39 yoshida ham o‘tgan mavsumda 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ganso
Agar Braziliya termasida birgina tayanch yarim himoyachi bo‘lsa, u Ganso bo‘lardi.
Yevropada Aleksandro Pato yoki Neymar kabilar o‘zini ko‘rsata oldi. Ganso 2016 yilda "San-Paulu"ni tark etib, "Sevilya"ga yo‘l oldi, ammo atigi 18 ta o‘yinda maydonga tushib, "Amiyen"ga ijaraga o‘tdi. Ganso 34 yoshida "Fluminense"da o‘ynadi va o‘tgan hafta Libertadores kubogiga ega chiqdi.
Xalk
37 yoshida o‘zining jarima zarbalari bilan raqiblarni qo‘rqitishga qodir Xalk hozirda Braziliyaning "Atletiko Mineyro" klubida faoliyat olib bormoqda. U o‘tgan mavsumda 12 ta gol urdi.
Shuningdek, Xalk o‘zining xurmacha qiliqlari bilan ham tanilgan. U stadion xodimiga hujum qilgani uchun 45 ming yevro jarima to‘lagan.
2012 yilda "Zenit" uni 60 million yevroga sotib oldi va shundan so‘ng u Xitoyga yo‘l oladi. U yerda "Shanxay SIPG" bilan 5 mavsumni o‘tkazadi. Keyin 2021 yilda Braziliyaga qaytib, A Seriya chempionligini qo‘lga kiritadi. Shuningdek, u Braziliya milliy terma jamoasiga qaytdi. O‘sha yili JCH saralashida Peruga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Oskar
Ha, u hali ham Xitoyda. "Chelsi" bilan Premer-liga va Yevropa ligasida g‘olib chiqqan ajoyib iqtidorli futbolchi endilikda "Shanxay Port"dagi yettinchi mavsumini o‘tkazmoqda.
U klub bilan 2 marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Oskar ayni damda 32 yoshda va hali beri Yevrpoaga qaytishni o‘ylamayapti.
Fabio
Tasavvur qiling-a, 18 yoshda egizak akangiz bilan “Manchester Yunayted”da o‘ynashni xohlaysiz va shunday ham bo‘ldi.
Fabio akasi Rafayel kabi muvaffaqiyatga erisha olmadi, 6 yil ichida "Yunayted" safida atigi 22 ta o‘yin o‘tkazdi, lekin 2011 yilda Chempionlar ligasi finalida "Barselona"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. U "Kardiff" va EFLda "Midlsbro"da o‘ynadi, keyin o‘sha bir vaqtlar furort ko‘targan KPR jamoasiga o‘tdi. To‘rt yil davomida Liga 1da "Nant" tarkibida o‘ynadi. Endilikda, u 33 yoshida "Gremio" bilan ishlamoqda.
Dante
Dante JCH-2014 yarim finalida Germaniyaga qarshi o‘yinda (7:1) ko‘proq tanilgan bo‘lishi mumkin, ammo u hali ham Liga 1da "Nisa" tarkibida 8 mavsumdan beri o‘ynamoqda. Dante ayni damda 40 yoshda.
"Bavariya" bilan uch marta Bundesliga chempioni va bir nechta bor Germaniya Kubodi chempioni. U 2010-yilda Myunxengladbaxning "Borussiya" klubida o‘ziga xos qahramon hisoblanardi. Unga yana 7:1 hisobini eslatib o‘tmagan ma’qul, aks holda u "Bavariya"dagi jamoadoshi Tomas Myuller bilan bo‘lgani kabi mushtlash bilan tahdid qilib qolishi mumkin.
Bernard
Ayni vaqtda 31 yoshda bo‘lgan futbolchi "Panatinaykos" safida harakat qilmoqda. U bir vaqtlar "Shaxtyor", "Everton" va "Sharja" klublarida faoliyat olib borgan.
Bernard asosan jarima zarbalari bilan nom qozongan. Jussasi kichik bo‘lsa ham raqiblarni shoshirib qo‘yardi.
Leandro Damiao
Damiao 2012 yilgi Olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgan va "Internacional" tarkibida 150 o‘yinda 73 ta gol urgan. Leandro faoliyati davomida 7 marta ijaraga olingan. Oltitasi Braziliya klublari, ammo 2016-yilda tasodifiy bittasi "Real Betis"da (3ta o‘yin, 0 gol).
U 2019 yildan beri Yaponiyada bo‘lib, u yerda "Kavasaki Frontale" safida maydonga tushib kelmoqda. Hattoki J liga 2021 mavsumida 23 ta gol urdi. Ayni vaqtda u 34 yoshda.