"Nyukasl Yunayted" La-liga yulduziga qiziqib qolgan. Xabarlarga ko‘ra, "Barselona" himoyachisi Andreas Kristensen Eddi Xau qiziqishlari doirasida turibdi. 27 yoshli futbolchi Xavi jamoasida barqaror vakillardan biri sanaladi.
Daniya terma jamoasi a’zosining amaldagi bitimi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan. Kristensen 2022 yilda erkin agent sifatida "Chelsi"dan "Barsa"ga olib kelingandi.