Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Avstraliya terma jamoasi: «Qorayib» borayotgan «yashil qit’a»

Avstraliya terma jamoasi: «Qorayib» borayotgan «yashil qit’a»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Avstraliya terma jamoasiga so‘nggi paytlarda jalb etilayotgan futbolchilarga nazar tashlasangiz, "yashil qit’a" vakillarining "qorayib" ketayotganiga guvoh bo‘lasiz.

Avstraliya har doim ko‘pmillatli tarkibga ega bo‘lgan. 2010 yilgacha bo‘lgan davrda, avstraliyaliklar tarkibi kelib chiqishi serb-xorvat, britaniyalik, yunon va italiyaliklardan tashkil topgan.

Yaqindan boshlab esa, Avstraliya safida kelib chiqishi afrikalik futbolchilar ko‘pchilikni tashkil etishmoqda. Bu nima bilan bog‘liq? 1990-2000 yillarda Afrika davlatlaridagi qabilaviy va fuqarolar urushlaridan Avstraliyaga qochib kelgan qochqinlarning farzandlari voyaga yetishmoqda va hayotda o‘z yo‘lini topish uchun futbolni tanlashmoqda.

Hozirgi kunga kelib, Avstraliya safida 8 ta qora tanli futbolchilar harakat qilishmoqda:

1. Aver Mabil ("Grassxopper") - 1995 yil Keniyada, janubiy sudanlik qochqinlar oilasida tug‘ilgan. 10 yoshigacha qochqinlar lagerida yashagan va 2005 y oilasi bilan Adelaida shahriga ko‘chirilgan.

2. Garang Kuol ("Volendam") - 2004 y Misrda, janubiy sudanlik qochqinlar oilasida tug‘ilgan. Bir yil o‘tib, oilasi bilan Viktoriya shtatiga ko‘chirib kelingan.

3. Kusini Yengi ("Portsmut") - 1999 y Adelaidada, Avstraliyaga 70 yillarda ko‘chib kelgan janubiy sudanlik qochkinlar oilasida tug‘ilgan.

4. Tomas Deng ("Albireks Niigata") - 1997 y Keniyada, janubiy sudanlik qochqinlar oilasida tug‘ilgan. 6 yoshligida oilasi bilan Adelaidaga olib kelingan.

5. Muhammad Ture ("Reyms") - 2004 y Gvineyada, liberiyalik qochqinlar oilasida tug‘ilgan. Oilasi 14 yil Konakridagi qochqinlar lagerida yashab, Muhammad tug‘ilishi bilan Janubiy Avstraliya shtatiga ko‘chib kelishgan.

6. Nestori Irankunda ("Adelaida Yunayted"/"Bavariya") - 2006 y Tanzaniyada, burundilik qochqinlar oilasida tug‘ilgan. 3 oyligida oilasi bilan Pert shahriga ko‘chib kelishgan.

7. Kianu Bakkus ("Sent-Mirren") - 1998 y Janubiy Afrikaning Durban shahrida tug‘ilgan. Bir yoshga to‘lmasidan, oilasi bilan Sidneyga ko‘chib kelishgan.

8. Sem Silvera ("Midlsbro") - 2000 y Londonda tug‘ilgan yamaykalik futbolchi. Angliyada tug‘ilishiga qaramasdan, Avstraliyada ulg‘ayib, voyaga yetgan.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 23:49, 12.11.2023.
O'qildi: 1397 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.