Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Chelsi"ning "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindagi eng yaxshi va yomon futbolchilari nomi ma’lum bo‘ldi

"Chelsi"ning "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindagi eng yaxshi va yomon futbolchilari nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Nafas olishimizga qo‘ymagan 12 turning so‘nggi bahsi 4-4 hisobida yakun topdi. Unda "Chelsi" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qilgandi. Xalqaro tanaffus oldidan muxlislar fantastik bahs va drama guvohiga aylandi. Sakkizta gol urilgan o‘yinda hamma narsani ko‘rdik. Hammasi yakunlangach, statistikalar asosida "Chelsi"ning eng yaxshi va yomon o‘yinchilariga nazar tashlamoqchimiz. Quyida shu haqida so‘z boradi.

Eng yaxshilar

Koul Palmer – 8/10

Yana kim ham bo‘lardi? Yoz oxirlayotgan bir paytda "Manchester Siti" tarkibini tark etgan Palmer, kecha sobiq jamoasini mag‘lub etish uchun shaylandi. Gvardiola tuzgan tarkibda joy qolmagach, Palmer "Chelsi"ga sotib yuborilgandi. Hujumchining o‘zi tarbiyalangan klubga qarshi ko‘rsatgan o‘yini ajoyib edi. 94 daqiqadagi penalti bilan "Chelsi"ga bir ochko olib berishdan tashqari, 21 yoshli futbolchi uchrashuv davomida dadil harakatlari bilan ajralib turdi. Palmer katta tezlik bilan ko‘p marta "shaharliklar" himoyasida tartibsizliklarga sabab bo‘ldi. Kecha Gvardiola hayolidan bir on, Palmerni bekor sotgani haqidagi o‘y o‘tgan bo‘lsa, ajab emas.

Raxim Sterling – 8/10

"Manchester Siti"ning sobiq yulduzlari o‘zlariga qarshi chiqishni yaxshi ko‘rishadi. Sterling ham xuddi Palmer singari o‘ng qanotni "yondirib" berdi. 28 yoshli vinger Uokerni bir necha bor aldab, xavfli vaziyatlar yaratishda qatnashdi. Qahramonimiz ushbu mehnatlari sababli mukofotlandi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. U jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan edi. 10 ballik sistemada sakkiz ball olish, Sterling uchun munosib baho deya olamiz.

Eng yomonlar

Aksel Disasi – 4/10

Disasi kecha APLda Xoland tomonidan "uxlatib" qo‘yilayotgan himoyachilardan biriga aylandi. Ammo u o‘zidan xafa bo‘lmasa ham bo‘ladi. Negaki, Disasi birinchisi emas, katta ehtimol bilan oxirgisi ham bo‘lmaydi. 25 yoshli futbolchi Xolandni ko‘p epizodlarda qo‘riqlashga qiynaldi deyish mumkin. Ham jismoniy, ham texnik jihatdan kecha Xoland butun boshli "Chelsi" mudofaasidan ustun edi. Shu sababdan Disasiga past baho berildi (4).

Mark Kukurelya – 4/10

Qanot himoyachisining eng katta qilgan xatolaridan biri bu Xolandga nisbatan ishlatgan qo‘polligi edi. Kukurelya sababli "Chelsi" juda erta gol o‘tkazdi. Oqibatda, londonliklar hisobda ortda qola boshladi. Bundan tashqari o‘yin davomida ispaniyalik futbolchi Fil Fodenni qo‘riqlab turish borasida muammolarga duch keldi. Kukurelyaning kechagi harakatlari umumiy olganda, xuddi Disasi kabi 4 ballga baholandi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 11:21, 13.11.2023.
O'qildi: 2939 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик