Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

O‘zbekistonda yana bir hakam faoliyatini yakunladi

O‘zbekistonda yana bir hakam faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy mavsumda bir qancha taniqli va tajribali futbol hakamlarimiz — Vadim Agishev, Damir Iskenderov, Jalgasbay Sarsenov hamda Bektursin Kannazarov hakamlikdagi faoliyatlarini tugatishgan edi. Kechagi O‘zbekiston kubogi final bahsida bu mavsum faoliyatini yakunlagan tajribali hakamlarimiz soni 5 taga yetdi.

20 yildan ziyod vaqt davomida hakamlik sohasida faoliyat ko‘rsatgan, bosh hakam yordamchisi sifatida qator mavsumlar o‘tkazgan Olim Abduvasilov hakamlikdagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi va kecha ko‘zda yosh bilan maydonni tark etdi. Final so‘ngida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida unga alohida ehtirom ko‘rsatilib, milliy zarchopon hamda maxsus esdalik sovg‘asi topshirildi.

"Olim Abduvasilovga futbol hakamligidagi xizmatlari uchun tashakkur aytgan holda kelgusidagi ishlariga rivoj tilab qolamiz" - deyiladi O‘zbekiston futbol hakamlari markazi bayonotida.

Kiritildi: 15:20, 13.11.2023.
O'qildi: 3944 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик