2023 yilning 10 noyabr kuni Indoneziyada 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlandi. Kataloniyaning Sport gazetasi ushbu turnirda porlaydigan eng iqtidorli yigitlarni tanlab oldi.
Estevao Villian (Braziliya)
Unga allaqachon «Messinyo» laqabini berishgan, chunki unda «Barselona»ning sobiq futbolchisini eslatuvchi fazilatlar mavjud. Estevao chapaqay va yuqori darajadagi talantga ega. «Palmeyras» ajoyib futbolchilarni yetishtirishga odatlangan. Estevao nozik texnikasidan tashqari tezligi bilan ham ajralib turadi, bu fazilat uning raqiblarini osonlikcha mag‘lub etish imkonini beradi.
Uning agentiga ko‘ra, Estevao «Barselona» skautlari tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda.
Klaudio Echeverri (Argentina)
U Argentina termasining asosiy marvarididir. Uning familiyasi afsonaviy boliviyalik hujumchi «Iblis» Etxeberri bilan o‘xshashligi uchun unga «iblis» laqabini berishgan. Klaudio allaqachon «Rivera»ning asosiy jamoasida o‘ynagan va so‘nggi Janubiy Amerika U-17 chempionatida beshta gol urib, uchta golli uzatmani amalga oshirgan va barchaning diqqat markazida bo‘lgan.
Uning o‘yini tabiiy dribling qobiliyatiga asoslangan bo‘lib, kuchli va xavfli zarbalar bilan uyg‘unlashadi. Klaudioning tovon puli 25 million yevroni tashkil qiladi.
Noa Darvix (Germaniya)
«Barselona» yarim himoyachisi Indoneziyadagi ushbu jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Nemisda muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsa bor. U kuchli, tezkor va chap oyoqda ajoyib o‘ynaydi. U hali «Barselona»ning yoshlar jamoasida porlagani yo‘q, ammo Noaning yana terma jamoaning yetakchisiga aylanishiga ishonishadi.
Darvix o‘zini ko‘rsatishni maqsad qilgan va bu ustunlik qisqa muddatli turnirda ham hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.
Paulo Yago (Ispaniya)
Madridning La Fabrica yulduzi. Lamin Yamal bilan bir avloddan. «Real Madrid»da u hali «Juvenile B»dan nariga o‘tgani yo‘q. Yago juda iqtidorli chap oyoqli markaziy yarim himoyachi, dribling va yaxshi to‘p uzatish qobiliyatiga ega.
O‘tgan mavsumda u «Juvenil B» safida 12 ta gol urdi. Uning Jahon chempionatidagi ajoyib o‘yinlari «Real»ga o‘zining ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam berishi mumkin. U Lamin Yamalning do‘sti va ularning umumiy agenti - Xorxe Mendesh hisoblanadi.
Mark Bernal (Ispaniya)
La Masiyada bu mavsumda u ajoyib xarakterni ko‘rsatmoqda. Bir necha oy ichida u «Barselona» yoshlar jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. U chap oyoqli yarim himoyachi bo‘lib, markaziy yarim himoyachi sifatida ham, himoyachi sifatida ham o‘ynay oladi. Uning aql bovar qilmas antropometriyasi (16 yoshida bo‘yi 190 sm) deyarli barcha duellarda g‘alaba qozonish imkonini beradi, hujumda esa jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib zarbasi bilan ajralib turadi.
Mark Giu (Ispaniya)
«Atletik Bilbao» darvozasiga urgan debyut goli uni bir kechada mashhur qildi. Mark klassik markaz hujumchisi. Juda kuchli va tezkor, bo‘sh joy topish qobiliyatidan tashqari, u ikkinchi qavatda ham yaxshi ishlaydi. Giu Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan ushbu jahon chempionatida albatta to‘purarlik uchun kurashadi. U turnirning ochilish o‘yinida Kanadaga qarshi o‘yinda gol va golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Jastin Oboavvoduo (Angliya)
«Manchester Siti»ning bu vingeri markaziy hujumchi sifatida ham o‘ynay oladi. Gvardiola allaqachon uni kuzatib bormoqda, chunki u ajoyib iste’dod egasi. Asli nigeriyalik Jastin «Siti» akademiyasining katta yulduzidir. O‘ng qanotda u ko‘plab uzatmalari bilan ajralib turadi. Zarbalardan ko‘ra ko‘proq to‘p uzatadi, lekin imkoniyat berilsa, raqib darvozaboni uchun katta muammo ham tug‘dira oladi. Angliya U-17 terma jamoasining undan umidi katta.