Hamma voqeliklar Marselo Galyardoning tez orada «Al-Ittihod» jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallashi tomon ketmoqda.
Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, 47 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. U yana ikki mavsumga uzaytirilishi mumkin bo‘lgan variantni o‘z ichiga oladi.
«Al-Ittihod» Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.