Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Modrichning agenti: "Luka hozir faqat "Real" haqida o‘ylamoqda, biroq..."

Modrichning agenti: "Luka hozir faqat "Real" haqida o‘ylamoqda, biroq..."

Baho:
+ | -

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrichning agentlaridan biri Borxa Kouche xorvatiyalik futbolchi faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligini aytdi.

"Bu yil yozda Modrichga Saudiya Arabistoni jamoalari qiziqish bildirishdi. Unga poytaxtning bir klubidan ham, boshqa klubdan ham taklif bor. Hozir Modrich "Real Madrid" haqida o‘ylayapti, ammo agar taklif ma’qul bo‘lsa, uning Saudiya chempionatiga o‘tishi haqidagi g‘oya haqiqatdir", - dedi agent.

Luka Modrich 2012 yildan beri "Real"da o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda xorvatiyalik yarim himoyachi "Real" safida barcha turnirlar doirasida 51 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xorvatiyalik futbolchining "Real" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 10 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 09:42, 17.11.2023.
O'qildi: 1110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик