Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

"MYU"ning mavsumini qutqarib qolishi mumkin bo‘lgan besh futbolchi

"MYU"ning mavsumini qutqarib qolishi mumkin bo‘lgan besh futbolchi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumni omadsiz boshlagach, "Manchester Yunayted" qishki transferlar oynasida bir nechta xaridlarni amalga oshirishi kutilmoqda. Ha, Erik ten Xag shogirdlari APLning so‘nggi 5 ta turidan 4 tasini yutdi. Ammo g‘alabalar qiyinchilik bilan qo‘lga kiritildi. Qolaversa, "Manchester Siti", "Nyukasl" va "Kopengagen"dan uch xil turnirda mag‘lubiyatga uchradi. Shu sabab tarkibni kuchaytirish lozim. Quyida "MYU"ning mavsumini qutqarib qolishi mumkin bo‘lgan bir nechta nomlar keltiriladi.

Jan-Kler Todibo

Lui Sa Todibo haqida shunday degandi: "U yaxshi himoyachi. Hozir Fransiya termasi himoyachilar borasida oltin avlodga ega. Shu sababli Todiboga imkoniyat berilmayapti. Ammo kuzatishlarimdan shuni bilamanki, unda hamma xislatlar mujassam. "MYU"ga aynan Todibo kabi futbolchilar kerak".
Aslini olganda, haqiqatdan ham shunday. Todiboning statistikasiga nazar solsangiz, u so‘nggi 7 ta o‘yinda o‘z darvozasidan birorta to‘p o‘tkazmaganiga guvoh bo‘lasiz.

Mark Gexi

Todibo "MYU" himoyasi uchun kamlik qiladi. Jamoaga yana bir vakil zarur va u Gexidir. Angliya terma jamoasi a’zosi ayni damda 60 million funtga baholanmoqda. Hozirda parokanda bo‘lib yotgan mudofaani tiklashda, Gexi ten Xagga katta yordam bergan bo‘lardi. 23 yoshli futbolchining "Kristal Pelas" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilda yakun topadi.

Tijjani Reynders

Erik ten Xag jamoaga yana bir niderlandiyalik futbolchi olib kelishni reja qilgan. "Milan"da ajoyib harakatlari bilan ajralib turgan Reynders ana shu vakildir. 25 yoshli yarim himoyachi o‘tgan yozda "AZ Alkmaar"dan 20 million yevro evaziga sotib olinadi. Hozirda Reynders Niderlandiya terma jamoasida asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. Uning "Milan" bilan tuzgan besh yillik shartnomasi bor. Shu sabab Reyndersni sotib olish oson kechmaydi.

Arnau Martines

Martines borasida "Real", "Barselona" hamda "Manchester Siti"lar harakat boshlab yuborgan. Qanot himoyachisi "Jirona" bilan fantastik o‘yin ko‘rsatmoqda. Ispaniya yoshlar terma jamoasi a’zosi qishda "MYU"ga ham kerak bo‘lib qoladi.

Artur Vermeren

Vermeren aslida "Arsenal"ning yarim himoya borasidagi rejalariga kiritilgandi. Ammo uning xaridi "MYU"ga ham nasib etib qolishi hech gap emas. Belgiyalikka to‘pchilardan tashqari "Chelsi" va "MYU" ham qiziqish bildirgan. Ushbu klub skautlari Vermerenni jiddiy kuzatmoqda.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 18:38, 19.11.2023.
O'qildi: 4986 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик