Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Saloh o‘yin vaqtida muxlislar hujumiga uchradi

Saloh o‘yin vaqtida muxlislar hujumiga uchradi

Baho:
+ | -

Misr terma jamoasi yetakchisi Muhammad Saloh Liberiyada bo‘lib o‘tgan JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Syerra-Leonega qarshi safar o‘yinida muxlislar tomonidan hujumga uchradi, deb xabar beradi Goal.com.

Asosiy vaqt tugashiga bir daqiqa qolganida misrliklar hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirishdi. Bu esa tribunadagi muxlislarga yoqmadi. Ular maydonga bostirib kirishga muvaffaq bo‘lishdi va Saloh tomon yugurishdi. Biroq, xavfsizlik xodimlari tezda vaziyatni qo‘lga olishdi. Saloh bu vaziyatda o‘zini xotirjam tutdi, ammo o‘yindan so‘ng u xavfsizlik xodimlari hamrohligida maydonni tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin Misr terma jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Syerra-Leone terma jamoasi 39-daqiqadan boshlab kamchilikda o‘ynadi.

Kiritildi: 11:10, 21.11.2023.
O'qildi: 1248 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик