"Tottenxem" yaponiyalik himoyachi Koki Matidu bilan shartnoma imzolashi mumkin, deb yozmoqda 90Min. nashri.
26 yoshli futbolchi Belgiyaning "Yunion" jamoasida o‘ynaydi, uning o‘yinlari "shporlar" skautlarining e’tiborini tortdi.
Qolaversa, “Tottenxem” bosh murabbiyi J-ligada uch yil ishlagan va u yerdagi futbolchilar bilan yaxshi tanish ekanini eslatib o‘tamiz.
Aynan u Furuxasi va Maedani Shotlandiya chempionatiga olib kelgan va liga yulduziga aylantirgan. Demak, Postekoglu Matiduni yaxshi biladi, u avstraliyalik mutaxassis Yaponiyada ishlayotgan vaqtda chempionat yulduzga aylangandi.