Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

"Arsenal" qishda sotib olmoqchi bo‘lgan besh futbolchi

"Arsenal" qishda sotib olmoqchi bo‘lgan besh futbolchi

Baho:
+ | -

"Arsenal" hozirda APL jadvalining yuqori pog‘onalarida bormoqda. Yetakchilik uchun bu klubga bir ochko yetishmayapti xolos. Yaxshiroq natija qayd etish uchun katta transferlar talab qilinadi. Ha, ayni damdagi "to‘pchilar" tarkibini yomon deb bo‘lmaydi. Ammo yanada yaxshilanish uchun bir nechta pozisiyalarni kuchaytirish zarur. Quyida "Arsenal"ga kerak futbolchilar haqida bilib olasiz.

Ayvan Tauni

Garchand anchadan beri maydonga tushmayotgan bo‘lsada, Taunining narxi faqat ko‘tarilmoqda. "Brentford" yaqindagina 27 yoshli hujumchisi evaziga 100 million funt so‘rashi haqida bildirgandi. Negaki, unga "Chelsi" va "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. Arteta ixtiyorida ayni damda Jezus va Nketia mavjud. Ammo Tauni kabi sof hujumchi jamoaga faqat va faqat foyda keltirgan bo‘lardi.

Dushan Vlaxovich

"Arsenal" uchun yana bir markaziy hujum varianti bu Vlaxovichdir. "Yuventus" o‘z futbolchisini qishda sotishga qarshi bo‘lmaydi. Buning uchun esa 50 million funt to‘lanishi kerak. 23 yoshli serbiyalik turinliklar safida jami 27 ta golga mualliflik qilgan.

Sasha Boe

"Galatasaray" yulduzi yozdayoq "Arsenal" e’tiboriga tushib ulgurgandi. Unga "MYU" ham da’vogar ekani aytilgan. Boe o‘z intervyularidan birida "Arsenal"dan qiziqish bo‘lgani haqida gapiradi. Himoyachi shunday degandi: "Mening masalamda "Galatasaray" va "Arsenal" muzokara o‘tkazgani rost. Ammo ular aniq takliflar bilan chiqmadi. Qiziqish va taklif orasida katta farq bor, men sizga aytsam".

Duglas Luis

Tomas Partining keyingi taqdiri aniq bo‘lmay turgan bir paytda, maydon markazi yana kun tartibiga ko‘tarilmoqda. "Arsenal" bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida "Aston Villa"dan Duglas Luisni olib kelmoqda. Arteta braziliyalikning personal muxlisi sanaladi. 25 yoshli yarim himoyachi hozirga qadar 6 ta golda ishtirok etdi. Luis ayni damda 60 million funtga baholanmoqda. Bu esa "Arsenal" ajratishi mumkin bo‘lgan summadan ancha ko‘pdir.

Ruben Nevesh

"Arsenal" maydon markazi uchun bir qancha nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Ular ichida Nevesh ham bor. "Al-Hilol" yulduziga "Nyukasl" ham da’vogar. Ammo Xau jamoasi bu xaridni amalga oshira olmaydi. 26 yoshli futbolchi yozda 45 million funt evaziga "Vulvz"dan xarid qilingandi. Portugaliya terma jamoasi a’zosi "Arsenal" tomonidan ijaraga olinishi aytilgan.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 21:21, 21.11.2023.
O'qildi: 2718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.