Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Zo‘ravonlikka qarshi A Seriya

Zo‘ravonlikka qarshi A Seriya

Baho:
+ | -

Italiyada bir necha kun oldin jasadi Pordenone shahri yaqinidagi jarlikdan topilgan 22 yoshli Yuliya Chekkettinning o‘ldirilishi yuzasidan notinchlik kuzatilmoqda.

Spaletti qotillarni qo‘rqoqlar deb atadi va A Seriyaning rahbari esa zo‘ravonlikka qarshi kurashni e’lon qildi. Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti bundan g‘azablandi.

«Biz endi maftunkor shahzodalar qiyofasida kiyinadigan bu qo‘rqoqlarga toqat qila olmaymiz. Biz ayollarga ularning xavfsizligiga tahdid solayotgan har qanday odamdan uzoqlashishga yordam berishimiz kerak. Ayolni o‘ldirgan erkaklar qo‘rqoqliklarini tan olishadi. O‘zaro munosabatlardagi muammolarni zo‘ravonlik bilan hal qilish mumkin deb o‘ylaydiganlar, kelajagi yo‘q mag‘lublardir», – dedi murabbiy.

A Seriya rahbari Lorenso Kasini zo‘ravonlikka qarshi kampaniyani e’lon qildi:

«Ushbu dramatik tarix tufayli biz har yili o‘tkazib kelayotgan «qizil chiroq» zo‘ravonlikka qarshi kampaniyamiz yanada kengroq tus oladi. Biz barcha klublarni, barcha liga elchilarini ayollarga nisbatan har qanday qabih va shafqatsiz xatti-harakatlarni qoralash va oldini olishga chaqiramiz.

Tez orada ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni (25 noyabr) nishonlanadi. Aniq va qat’iy g‘oyalarni taklif qilish muhimdir. Futbol ayollarga nisbatan har qanday zo‘ravonlikni keskin qoralaydi va butun mamlakatni tashvishga solayotgan jinoyatlarni sodir etayotganlarni stadionlarda ko‘rishni istamaydi».

Aynan nima bo‘lgandi?

18 noyabr kuni Yuliya Chekkettin jarlikda bo‘yin va boshiga yigirma marta pichoq bilan urilgan holatda, o‘lik holda topilgan. U bir hafta oldin bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi va polisiya o‘shandan beri qidirib yurgan.

Qotillikda asosiy gumonlanuvchi 22 yoshli Filippo Turetta, Yuliyaning sobiq sevgilisidir. Ular bir yarim yil uchrashishdi va 2023 yilning yozida ajralishdi, shundan beri ular do‘stona munosabatlarni saqlab qolishmagan.

11 noyabr kuni Yuliya va Filippo savdo markazi yonida uchrashishdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘rtasida mojaro boshlangan. Kuzatuv kameralari bir yigitning avtoturargohda qizni qanday kaltaklagani, keyin esa uni mashinasiga sudrab olib kirganini yozib oldi. Filippo Germaniyada 16 noyabr kuni hibsga olingan, hozirda uni ekstradisiya qilish masalasi hal qilinmoqda.

Italiyada uni umrbod qamoq jazosi kutmoqda.

A Seriya muntazam ravishda ayollarni qo‘llab-quvvatlaydi. Liga ayollarga nisbatan zo‘ravonlik muammosiga e’tibor qaratish maqsadida ketma-ket bir necha mavsum tadbirlar o‘tkazmoqda. Qo‘llab-quvvatlash belgisi sifatida chempionat o‘yinlari paytida o‘yinchilar va murabbiylar yuzlariga qizil bo‘yoq chizilgan holda o‘ynashadi.

Klubning alohida tashabbuslari ham bor. Ikki yil oldin «Spesiya» futbolchilari o‘z futbolkasida #WeForShe yozuvi bilan o‘yinlardan biriga kirgan edi. O‘shanda uchrashuv mehmoni zo‘ravonlik bilan bog‘liq muammolar tufayli o‘z vatanini tark etgan afg‘onistonlik Rahilu Saya ismli qiz edi.

Kiritildi: 10:50, 23.11.2023.
O'qildi: 910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.