«Bornmut» o‘z hujumchisi Dominik Solankeni Londonning «Vest Xem» klubiga sotishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Football Insider o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
«Giloslar»ning hujumchini saqlab qolishlari uchun asosiy motivasiya shuki, Solanke «Bornmut»ga Premyer-ligada qolishiga yordam bera oladi.
Agar klub qishda Dominik bilan xayrlashsa, jamoa hujumda yangi kuch izlashi va turnirdagi o‘rnini xavf ostiga qo‘yishi kerak.