Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Vitaliy Levchenko: "Mavsumni yomon o‘tkazmadik"

Vitaliy Levchenko: "Mavsumni yomon o‘tkazmadik"

Baho:
+ | -

Superliga 25-turidan o‘rin olgan Neftchi – Qizilqum (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Juda og‘ir o‘yin bo‘lib o‘tdi. Qizilqum’ni bu erga ochko uchun kelishini bilardik. Sababi, turnir jadvalidagi holatdan kelib chiqib, 3 ochko olishi zarur edi va bu Superligada qolish imkoniyatini saqlab qolish uchun ham muhim edi. O‘yin jangovar va qiyin o‘tdi. Yaxshiki, biz ijobiy natijaga erishdik. Bu meni xursand qildi. O‘z maydonimizdagi o‘yinda muxlislarni xursand qildik, bu eng asosiysi. Hammani g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin unutiladi, natija esda qoladi.

Yigitlarga tasanno. Ular mavsumni juda yaxshi o‘tkazdilar. Mavsumni qaysidir qismida mag‘lubiyatsiz bordik, bu meni xursand qildi. Xafa qilgani esa qimmatli, muhim bo‘lgan ochkolarni boy bergan o‘yinlarimiz bo‘ldi. Sovrinli o‘rinlardan ayirgani alamli. Lekin mavsumni yomon o‘tkazmadik, deb o‘ylayman.

Legionerlar kelgusi mavsum ham qoladimi? Shu savol hozir jarayonda. Sifatli va O‘zbekiston chempionati saviyasiga to‘g‘ri keladigan yaxshi legionerlarni taqlif etganmiz. Bu savolga javob berish biroz mushkul.

Bir qator bizni ro‘yxatimizda turgan yaxshi futbolchilar bor. Qachonki, shartnoma tuzmaguncha, bizni jamoada o‘ynash istagi bo‘lmaguncha biron narsa deya olmaymiz. Hammasi futbolchilarning istak va xohishlariga bog‘liq”, – dedi Levchenko.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 06:15, 24.11.2023.
O'qildi: 1055 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик