Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

“Paxtakor” bugun muddatidan oldin chempion bo‘lishi mumkin

“Paxtakor” bugun muddatidan oldin chempion bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston superligasining 25-turi kutilmagan natijalarga boy bo‘lmoqda. Jumladan, musobaqa g‘olibligi uchun kurashayotgan Qarshining "Nasaf" klubi o‘z maydonida "So‘g‘diyona" bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi va chempionlik bahsidan chiqdi. Bugun, 24 noyabr kuni "Paxtakor" Toshkentda "Surxon"ni mag‘lubiyatga uchratib, 3 ochkoni qo‘lga kiritsa, chempionat yakuniga bir tur qolganida muddatidan oldin bosh sovrinni qo‘lga kiritadi. Mazkur bahs bugun “Paxtakor” stadionida soat 18:15 start oladi.

“OKMK” ushbu turda safarda “Buxoro”ga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Andijon” safarda “Turon”ga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. "Bunyodkor" ham o‘z maydonida "Metallurg"ni 1:0 hisobida yengib, uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, "Neftchi" Farg‘onada "Qizilqum"ni minimal 1:0 hisobida taslim qildi. Mazkur o‘yindan so‘ng "Qizilqum" oxirgi turda qanday natija qayd etmasin, musobaqa jadvalining 12-pog‘onasida qoladigan bo‘ldi va 6 dekabr kuni "Qo‘qon-1912" jamoasi bilan Superliga yo‘llanmasi uchun raqobatlashadi.

Bugun, 24 noyabr kuni “Jar” stadionida “Olimpik” klubi “Navbahor”ni qabul qiladi. Ushbu bahs soat 16:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 11:16, 24.11.2023.
O'qildi: 1446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.