Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Qahramon Aslanov «Bekhem» hujjatli serialiga taqriz yozdi

Qahramon Aslanov «Bekhem» hujjatli serialiga taqriz yozdi

Baho:
+ | -

«Bekhem» hujjatli mini-serialini tugatdim. Ikki jihat e’tiborimni tortdi, go‘yoki hammasini bilaman deb o‘ylaganim futbolchi haqida yangilik bo‘ldi.

Birinchisi. Aleks Fergyuson haq ekan. Ya’ni rostan ham, qisman, Viktoriya Devidning faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Balkim, qaysidir ma’noda salbiy ta’sir bo‘lgandir. Odatda, bunday holatlarda, oila uchun qilingan qarorlarni «qurbonlik» deb ham ataymiz.

Lekin bilasizmi, bu aslida qurbonlik emas. Normal hayot. Mezon. Tanlov. Aslida Bekhem biz uchun faqat futbolchi - hayotini ana shu kar’era tomonidan qaraymiz, shu o‘lchovlar bilan ssenariy yozamiz, qadriyatlarda ustun qo‘yamiz. Haqiqatda esa, hayotidagi qarorlarni qabul qilish pallasida prioritetlarni belgilash faqat va faqat o‘sha insonning o‘zining haqqidir.

Ha, balkim u Manchesterda yoki Madridda uch-beshta ko‘proq sovrin yutishi mumkin edi, xo‘p, lekin o‘rniga qo‘lga kiritilgan boylik - oilasini saqlab qolgani, ular bilan o‘tkazgan, o‘tkazayotgan qandaydir davrlar, xotiralar Bekhem uchun qadrliroq bo‘lishi mumkin-ku? Kim aytdi, futbolchi uchun faqat gollar muhim deb?

Inson ba’zida oila, ba’zida ishini o‘ylab qarorlar qabul qiladi va albatta, mana shu tanlovlar orasidagi muvozanat garmoniyani yaratadi. Insonlar bir-biri uchun yashab ham, bir-biri uchun yon berib ham baxtli bo‘la oladilar. Umuman boshqacha baxt ham yo‘q, menimcha.

Nazarimda umr yo‘ldoshi sifatida rostanam kuchli ayolni tanlab, Bekhem adashmagan va u  hech bir qaroridan hozir afsusda emas, nazarimda. Yo‘qotgan bo‘lsa, Fergyuson yo‘qotgandir, jamoadoshlari, ingliz futbol muxlislari, umuman futbol muxlislari, biz, ammo aslo Bekhem emas.

Ikkinchisi. To‘rt qismli filmning oxirgi qismini ko‘rishga shoshilmadim. Manchester, Madriddagi asosiy yillar orida qolgach, yana nima bilan hayron qoldirish mumkin? AQSH, Milan, Parijdagi glamur hayotmi?

Empatiya, degan tushuncha bor. Boshqa insonning tuyg‘ularini his qila olish. Biz futbolchilarni maydonda ko‘p ko‘ramiz, talab va tanqid qilamiz, ammo avvalo ular ham inson, kimdir kasal bo‘ladi oilasida, o‘ladi, janjal bo‘lishi mumkin, muvaffaqiyatsizliklarni yashab o‘tadi. Ko‘pincha sahna ortida bo‘lgani uchun noma’lum qoladi.

Oxirgi seriyada Bekhemning ikki marta yig‘laganini ko‘rsatishdi. Birinchisi, PSJdagi so‘nggi o‘yinida. Futbolni tark etadigan kun. Anchelotti unga o‘yin tugashiga o‘n daqiqa qolganda almashtirishini, shu orqali tomoshabinlar bilan xayrlashish imkonini berishini aytganda, o‘sha onlar yaqinlashgan payt, Bekhem rosmana yig‘lay boshlagan. Ikkinchisi, yaqinda, Messi Mayamiga kelib, Bekhem jamoasi safida jarimadan gol urgan payt.

Futbolchilarning yig‘isi yangilik emas. Tushunamiz ham. Ha, futboldan ketyapti axir.

Lekin, agar shu to‘rt seriyani tomosha qilib, oson bo‘lmagan hayotni hech bo‘lmasa ekran ortida Bekhem bilan yashab ko‘ring-da, siz ham yig‘laysiz. Bilmadim, qaysi onlar ko‘z o‘ngidan o‘tyapti? Birinchi golimi? Birinchi mag‘lubiyat, haqoratlar, olqishlar... Messi gol urganda, bilmadim, qaysi jarima zarbasini xayolidan o‘tkazgan?

Empatiya shu. Hayotda boshqa inson hayotini yashamay turib, uni ayblashga, uni tushunyapman, deb hisoblashga haqqimiz yo‘q.

Filmni esa, tavsiya qilaman.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 11:50, 24.11.2023.
O'qildi: 2147 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик