Armanistonda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi kuni ham o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqadan bugun 4 nafar vakilimizning chiqishi o‘rin olgan edi va ulardan Firuzjon Sa’dullayev, Akbar Ahmadov va Abdurahmon Mahmudjonovlar g‘alabaga erishdi.
Afsuski, Muhammadrizo Siddiqov rossiyalik Bairamhan Ashurovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.